Adobe Primerie dasturini video yig'ishda amalda qo'llash
Ushbu kitob Adobe Premiere Pro dasturiga bag'ishlangan bo'lib, u dinamik tasvirlarni tahrirlash, montaj qilish, kompozitsiya yaratish, muharrirlash, animatsion montajlar qilish, maxsus effektlar yaratish, video roliklarni rangi, yorqinligini mo'tadillashtirish va shunga o'xshash illyuzion video roliklarni yaratish imkoniyatlariga ega. Kitob dasturni o'rnatish, asosiy uskunalar paneli bilan tanishish, sozlash va loyihalar bilan ishlashni o'rgatadi. Shuningdek, kitobda ranglarni sozlash, timeline oynasi va boshqa muhim funktsiyalar haqida ma'lumot berilgan.
Asosiy mavzular
- Adobe Premiere Pro dasturi haqida umumiy tushunchalar: Dasturning asosiy vazifalari, imkoniyatlari, boshqa dasturlar bilan qiyosiy tahlili, qo'llanilishi (kino, televidenie, reklama), dasturiy ta'minotga talablar.
- Adobe Premiere Pro dasturini o'rnatish: Dasturni kompyuterga o'rnatish bosqichlari, litsenziya shartlari, dastur paketidagi kerakli komponentlarni tanlash.
- Adobe Premiere Pro dasturining imkoniyatlari: Dasturning interfeysi, palitralardan foydalanish qulayligi, animatsiyalarning yaxshilangan paradigmasi (Graph Editor), kengaytirilgan eksport (AVI, FLV, H.264, MPEG2, MPEG4 formatlari), Adobe dasturlari bilan integratsiya.
- Adobe Premiere Pro dasturining asosiy uskunalar paneli bilan tanishish: Dasturning ishchi oynalari (Project, Effect Controls, Program, Effects, Timeline), menyular (File, Edit, Project, Clip, Sequence, Marker, Title, Window, Help), asosiy uskunalar (tanlash, yo'lni tanlash, jivirlatish, tezlikni cho'zib qo'yish, kesish va boshqalar).
- Rang sozlamalarini belgilash: Ranglar fazosi, ranglarni ifodalash, ishchi sohani sozlash, qorishtirish usullari, Color Bit Depth (Darajalilik) parametrlari.