Kauchuk va rezina ishlab chikarish korxonalarinig jihozlari va loyixalash asoslari

Ushbu kitob kauchuk va rezina ishlab chiqarish korxonalarining jihozlari va loyihalash asoslariga bag'ishlangan amaliy mashg'ulotlar to'plamidir. Unda qo'shval va ko'pval mashinalari, bosim ostida quyish mashinalari, qavatli gidravlik presslar, elimlash mashinalari va aralashtirish uskunalarining ishlash prinsiplari, mahsuldorligi va hisoblash usullari ko'rib chiqiladi. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Qo'shval va ko'pval mashinalari: Mashinalarning ishlash printsipi, mahsuldorligi va quvvati. Ularda ishlov berish bosqichlari, uzluksiz va davriy ishlov berish usullari, asosiy elementlarning vazifalari (vallar, pichoqlar) va ish jarayoni (aralashtirish, qirish) tushuntirilgan.
  • Bosim ostida quyish mashinalari: Asosiy parametrlari, mahsuldorlikni aniqlash, issiqlik balansi, qolipning yopilish kuchi, tsilindrdagi bosim, asosiy elementlarning vazifalari.
  • Qavatli gidravlik presslar: Bir qavatli va ko'p qavatli presslarning mahsuldorligini hisoblash usullari, tsexning o'rtacha mahsuldorligini aniqlash.
  • Elimlash mashinalari: Gorizontal elimlash mashinasining tuzilishi, ishlash prinsipi, asosiy qismlari (o'ramni yoyish, o'rash moslamalari, surkash pichog'i, bug'li plitalar) va ularning vazifalari.
  • Aralashtirish uskunalari: Mexanik aralashmalarning sifatini baholash, aralashtirgichlarning turlari (lopastli, ko'shval, murakkab), ularning ishlash prinsiplari va mahsuldorligini hisoblash usullari.