Туманни режалаштириш асослари ва худудий жойлаштириш

Ushbu kitob mintaqaviy rejalashtirish va qishloq joylarini loyihalashtirish, rejalashtirish asoslari, aholini joylashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va infratuzilmani rivojlantirishning dolzarb masalalarini yoritadi. Unda nazariy materiallar, amaliy misollar va uslubiy tavsiyalar mavjud.

Asosiy mavzular

  • Tumanni rejalashtirish asoslari: Tumanni rejalashtirishning maqsad va vazifalari, rejalashtirish tamoyillari va mintaqaviy rejalashtirishning shaharsozlikdagi roli.
  • Hududni baholash va funktsional zonallash: Hududni antropogen omillar asosida baholash, hududni funktsional qismlarga bo'lish va hududdan oqilona foydalanish.
  • Qishloq joylarini rejalashtirish: Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish xususiyatlari, agro sanoat majmualari va qishloq xo'jaligini rivojlantirish masalalari.
  • Rekreatsiya zonalarini tashkil etish: ommaviy dam olish, kurort da'volanish va turizmni tashkil etish asoslari, rekreatsion zonalarni rejalashtirish va rivojlantirish.
  • Shaharsozlikda atrof-muhitni muhofaza qilish: Atmosfera havosini, suv resurslarini, tuproq qatlamini muhofaza qilish va tiklash tadbirlari.