Trigonometriyaning ba’zi tadbiqlari
Ushbu kitob trigonometriyaga bag'ishlangan bo'lib, unda trigonometrik funksiyalar, ularning xususiyatlari, ayniyatlar, formulalar va teoremalar batafsil yoritilgan. Kitobda, shuningdek, trigonometriyaning turli sohalarga tadbiqi, xususan, geometrik masalalarni yechish, uchburchaklarni tahlil qilish va ko'pburchaklarni o'rganish masalalari ham ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Trigonometrik funksiyalar: Burchakning trigonometrik funksiyalari ta'riflari, asosiy ayniyatlar, davriylik, ishoralar, keltirish formulalari, qo'shish, ayirish, ikkilangan va yarim burchak formulalari, yig'indini ko'paytmaga aylantirish formulalari.
- Trigonometrik tenglamalar: Eng sodda trigonometrik tenglamalarni yechish usullari, xususiy hollari, umumiy yechimlar.
- Uchburchak elementlari orasidagi munosabatlar: Sinuslar teoremasi, kosinuslar teoremasi, tangenslar teoremasi, balandliklar, medianalar, bissektrisalar, ichki va tashqi chizilgan aylanalar radiuslari.
- Geometrik masalalarni yechishda trigonometriya: Uchburchaklarning yechilishi, ko'pburchaklarning yechilishi, Ptolomey teoremasi, ichki va tashqi chizilgan to'rtburchaklar, dioganallar va radiuslar.