Moddiy ishlab chiqarish asoslari

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan "Moddiy ishlab chiqarish asoslari" fanidan amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish bo'yicha uslubiy qo'llanma hisoblanadi. Qo'llanma O'zbekiston va jahon iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari, ularning rivojlanish tendentsiyalari, joylashuvi va o'zaro aloqalari kabi masalalarni qamrab oladi.

Asosiy mavzular

  • Moddiy ishlab chiqarish asoslari kursi maqsadi va vazifasi: Fanning hozirgi zamon geografiyasi fanlari orasida tutgan o'rni va ahamiyatini o'rganish, tarmoqlarni iqtisodiy geografik tadqiqot ob'yekti sifatida o'rganish, tadqiqot usullariga misollar keltirish.
  • Ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllanishi va rivojlanish bosqichlari: Sanoat fan-texnika taraqqiyotini belgilab beruvchi eng muhim omil, xalq xo'jaligining tarkibi va tarmoqlarini o'rganish, O'zbekiston respublikasi iqtisodiy xaritasini tahlil qilish.
  • Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakllari: Mujassamlashuv, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatsiya kabi ijtimoiy tashkil etish shakllari haqida ma'lumot berish.
  • Ishlab chiqarishni joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar: Tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning sanoat tarmoqlarini hududiy tashkil etishdagi ahamiyati, O'zbekiston respublikasi tabiiy kartasini tahlil qilish va foydali qazilma konlarining joylashuvini o'rganish.
  • Sanoat tarmoqlarini tashkil etish va rivojlantirish asoslari: Sanoat tarmoqlarini hududiy tashkil etish, respublikamiz viloyatlarida sanoatning hududiy rivojlanganlik darajasi bilan tanishish.
  • Yoqilg'i-energetika majmuasi: Respublika elektroenergetika sanoati, O'zbekistonning yoqilg'i sanoati, dunyo elektroenergetika va yoqilg'i sanoati tarmoqlarini tahlil qilish.
  • Metallurgiya majmui: O'zbekiston Respublikasi qora metallurgiya sanoati, rangli metallurgiya sanoati, dunyo metallurgiya sanoatining hududiy xususiyatlarini o'rganish.
  • Mashinasozlik majmuasi: Qishloq xo'jaligi mashinasozligi sanoati, elektronika va radiotexnika, priborsozlik sanoati, avtomobilsozlik sanoati.
  • Kimyo majmuasi: O'zbekiston kimyo majmuasining tarmoq tarkibi, kimyo sanoatining hududiy rivojlanishi, dunyo kimyo sanoatining yirik markazlarini tahlil qilish.
  • O'rmon va qurilish materiallari ishlab chiqarish majmuasi: O'zbekistonda qurilish materillari ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyati, qurilish materiallari ishlab chiqarish salmog'i, O'zbekiston qurilish materiallari ishlab chiqarish kartasi.
  • Yengil va oziq-ovqat sanoati: O'zbekistonning yengil sanoat tarmog'i tarkibi, O'zbekistonda yengil sanoat tarmog'ida yaratilayotgan mahsulotlar, O'zbekiston yengil sanoat kartasini chizish, O'zbekiston respublikasi oziq-ovqat sanoatining tarmoq tarkibi, O'zbekistonda oziq-ovqat sanoatining hududiy tarkibi va rivojlanishi, O'zbekiston oziq-ovqat sanoati kartasini chizish.
  • Sanoatni rayonlashtirish asoslari: O'zbekiston respublikasi viloyatlari va Qoraqalpog'istonda sanoat tarmqolarini rivojlanishi, O'zbekistonda asosiy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, dunyo miqyosida asosiy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish.
  • Yer fondi va uning tuzilishi: Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish, O'zbekiston yer fondi tuzilishi, dunyo yer resurslari kartasini chizish.
  • Qishloq xo'jaligini rivojlantirish asoslari: Qishloq xo'jaligining o'ziga xos rivojlanish va hududiy tashkil etish xususiyatlari, Respublikada qishloq xo'jaligini isloh qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar, Qishloq xo'jaligini isloh qilishning huquqiy asoslari, Qishloq xo'jaligi yerlarining meliorativ holatini yaxshilashgaoid tadbirlar.
  • Dehqonchilik tarmog'i: Don yetishtirish, kuzgi ekinlar, bahorgi ekinlar, don-dukkakli ekinlar, paxtachilikning xalq xo'jaligidagi ahamiyati.
  • Chorvachilik tarmog'i: Chorvachilik va uning tarmoqlari, qoramolchilik va uning tarmoqlari, qo'ychilik geografiyasi, O'zbekistonda qoramolchilik va qo'ychilikni rivojlantirish masalalari.
  • Qishloq xo'jaligi rayonlari tiplari: Qishloq xo'jaligi tarmoqlarini joylashtirish va tabiiy sharoitning tutgan o'rni, Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining iqlim mintaqalari va tabiat zonalari bilan bog'liqligi, Suv resurslarining qishloq xo'jaligi tarmoqlarining rivojlanishidagi ahamiyati, Ixtisoslashgan qishloq xo'jaligi mintaqalari.
  • Transport tarmoqlari: Transport geografiyasining rivojlanishi, transport geografiyasining asosiy tushunchalari, transport tarmoqlarining rivojlanishida FTIning ahamiyati, transportning tarmoq tarkibi.