Ўсимликлар географияси

Ushbu kitob oʻsimliklar geografiyasi va ekologiyasiga bagʻishlangan boʻlib, unda Yer yuzida oʻsimliklarning tarqalishi, turli xil tabiiy omillar (iqlim, tuproq, relyef, biologik omillar)ning oʻsimliklar hayotiga taʼsiri, oʻsimliklar jamoalari (fitotsenozlar), floristik rayonlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston va dunyoning turli mintaqalaridagi oʻsimliklar olami batafsil yoritilgan. Kitobda oʻsimliklarning hayotiy shakllari, ekologik moslashuvlari, areallari va ularning oʻzgarishi, balandlik mintaqalaridagi oʻsimliklar, choʻl va sahro oʻsimliklari, dengiz oʻsimliklari kabi mavzularga alohida eʼtibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Oʻsimliklar areallari: Oʻsimliklarning Yer yuzida tarqalish qonuniyatlari, areallarning shakllanishi va oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar (iqlim, tuproq, relyef, biologik omillar), kosmopolit va endem oʻsimliklar.
  • Atrof muhit omillari va oʻsimliklarning tarqalishi: Iqlim (harorat, yogʻin miqdori, yorugʻlik), tuproq, suv, shamol va biologik omillarning oʻsimliklar hayotiga taʼsiri, oʻsimliklarning ekologik moslashuvlari.
  • Floristik olamlar va Yerning oʻsimlik mintaqalari: Yer sharining floristik rayonlashtirilishi, floristik olamlar (golarxtik, paleotropik, neotropik, Avstraliya, Kap, Antarktika), oʻsimlik mintaqalari (nam tropik oʻrmonlar, savanna, chala choʻl, sahro, moʻtadil mintaqa oʻrmonlari, tundra).
  • Suv havzalarining o'simliklari: Dengiz va okeanlarda o'suvchi o'simliklar haqida, yashash joylari, xos hususiyatlari va hayot aylanishi haqida.
  • O'zbekiston o'simliklari: O'zbekiston hududida uchraydigan o'simliklarning xillari, o'ziga xosligi, turli mintaqalarda tarqalishi haqida.