Bojxona nazorati va uning asosiy maqsadi.

Ushbu kitob bojxona nazorati va uning asosiy maqsadiga bag'ishlangan. Unda bojxona nazoratining tashkiliy huquqiy asoslari, turlari, shakllari va mohiyati, shuningdek, uni takomillashtirish masalalari ko'rib chiqiladi. Kitobda xorijiy mamlakatlarning tajribasi ham o'rganilib, O'zbekistonda bojxona nazoratini yanada samarali tashkil etish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Bojxona nazoratining tashkiliy huquqiy asoslari: Ushbu bobda O'zbekiston Respublikasida bojxona ishi va bojxona nazorati munosabatlarining vujudga kelishi hamda rivojlanish tarixi, bojxona nazoratini olib boruvchi organlar tavsifi hamda ular faoliyatini huquqiy tartibga solish asoslari, bojxona organlari tomonidan bojxona nazoratini olib borish tartibi hamda uning maqsad va vazifalari yoritilgan.
  • Bojxona nazoratining turlari hamda uning asosiy shakllari va huquqiy mohiyati: Ushbu bobda yengil avtotransport vositalari va yuk avtotransport vositalari harakati ustidan bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi, temir yo'l transport vositalari va Avia transport vositalari hamda Suv transporti vositalari harakati ustidan bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi, jismoniy shaxslar harkati ustidan bojxona nazoratini amalga oshrish tartibi ko'rib chiqiladi.
  • Bojxona nazorati va uni takomillashtirishning ayrim masalalari: Ushbu bobda xorijiy mamlakatlarda Bojxona nazoratini amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari hamda Bojxona nazoratini tashkil etish va uni takomillashtirish masalalari o'rganiladi.