Оқсилга бой нўхат дони

Maqolada IKARDA xalqaro tashkilotidan keltirilgan 49 ta no'xat nav namunalarini baholab, respublikamizning tog' oldi lalmi yerlari sharoitida vegetatsiya davri qisqa, kasallik va zararkunandalarga chidamli, hosildorligi, don sifati va xo'jalik biologik xususiyatlariga ko'ra FLIP03-131C, FLIP07-40C, FLIP07-57C, FLIP07-127C, FLIP07-232C, FLIP07-268C, ILC482 nav namunalari tanlanib, konkurs nav sinashga tanlab olingan.No'xat donining qimmatbaho oziq-ovqatlik va shifobaxshlik xususiyatlari, azotsiz ekstraktiv moddalarining mo'l bo'lishi, lalmikor yerlarda yetishtirilganida esa doni tarkibidagi oqsil miqdorining 32% va yog' miqdorining 8% gacha bo'lishi xalq xo'jaligida unga talabning tobora oshib borishiga sabab bo'lmoqda. Tajribada no'xatning jahon kolleksiya namunalari hamda IKARDA xalqaro tashkilotidan keltirilgan nav namunalari 2012-2014 yillarda Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining lalmikor Qamashi bo'limi tajriba dalalarida olib borildi.No'xat o'simligida 1000 dona don vazni hosildorlikni belgilashda muhim ko'rsatkich bo'lib hisoblanadi.

Asosiy mavzular

  • No'xat navlarini baholash: IKARDA xalqaro tashkilotidan keltirilgan 49 ta no'xat nav namunasini baholash, ularning kasalliklarga chidamliligi, hosildorligi, don sifati va xo'jalik biologik xususiyatlarini o'rganish.
  • Tanlangan no'xat navlari: FLIP03-131C, FLIP07-40C, FLIP07-57C, FLIP07-127C, FLIP07-232C, FLIP07-268C va ILC482 nav namunalari konkurs sinovlariga tanlab olingan.
  • No'xat donining tarkibi: Lalmikor yerlarda yetishtirilganda don tarkibidagi oqsil miqdori 32% gacha, yog' miqdori 8% gacha bo'lishi. No'xat donining tarkibida oqsil miqdori 9,6-20,0 foiz oralig'ida.
  • 1000 dona don vazni: No'xat o'simligida 1000 dona don vazni hosildorlikni belgilashda muhim ko'rsatkich bo'lib hisoblanadi. O'rganilgan no'xat namunalari 1000 don vazni 249,8-387,0 gr oraliqida ekanligi kuzatildi.