Zaharli o’rgimchaklar, ularning xilma-xilligi, tabiatda tarqalishi, biotsenozdagi o’rni
Ushbu kitob O'zbekistondagi zaharli o'rgimchaksimonlarning xilma-xilligi, biologiyasi, ekologiyasi va ularning inson hayotidagi ahamiyatiga bag'ishlangan. Unda o'rgimchaksimonlarning tuzilishi, hayot tarzi, ko'payishi, ovlanishi va zaharli xususiyatlari batafsil yoritilgan. Kitobda O'zbekiston hududida uchraydigan zaharli o'rgimchaklarning asosiy turlari, ularning tarqalishi, morfologiyasi va fiziologiyasi tasvirlangan. Shuningdek, zaharli o'rgimchak chaqishi oqibatlari va ularga qarshi kurash choralari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob maktab, litsey va kollej o'quvchilari, biologiya o'qituvchilari va zoologiya sohasiga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- O'rgimchaksimonlarning xilma-xilligi va biotsenozdagi o'rni: Ekosistemalarda organizmlar qanchalik xilma-xil boʻlsa, uning tashqi ta'sirga chidamliligi ham Shunchalik kuchli boʻladi. Shuning uchun biosferadagi mavjud xilma-xillikni saqlab qolish tabiatni muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
- O'rgimchaksimonlarning tana tuzilishining o'ziga xosligi: O'rgimchaksimonlarning tanasi ko'p vaqt boshkoʻkrak va qorin qismidan iborat bo'ladi. Ammo, bazan tana boʻgʻimlari va boʻlimlari turli darajada rivojlangan boʻladi. Chunonchi ayrim vakillarida (chayonlar, solpugalar) tana ko'p sonli boʻgʻimlardan tuzilgan.
- O'zbekistonda uchraydigan zaharli o'rgimchaklar turlarining xarakterli belgilari: Oʻzbekistonda keng tarqalgan zaharli oʻrgimchak turlarining asosiy belgilari, ularning oʻlchami, rangi, tarqalishi, yashash joyi va xatti-harakatlari tavsiflangan.
- Biyning morfologik xususiyatlari: Biyning bosh – ko'kragi noksimon, qorin qismi esa tuxumsimon shaklga ega. Tanasining oʻlchami, mayda va yirik turlariga qarab 2sm dan 5sm gacha boʻladi. Biyning bosh ko'krak qismida ko'zlari (oldingi va orqa), bir juft xelitsera, pedipalpa, og'iz boʻshligʻi va toʻrt juft oyoqlari joylashgan.
- Qoraqurt zaharidan zararlanish holatlari va unga qarshi kurashga oid choralar: Qoraqurt chaqishidan zaharlangan inson, ko'ngilsiz hodisalarga uchragan, o'lim holatlari ham koʻp bor kuzatilgan. Qoraqurt chaqqan odam dastlab birinchi yordam tarzida chaqqan joyni kuydirishi ijobiy natija beradi. So'ngra darhol yaqin atrofidagi shifoxonaga murojaat qilib, qoraqurt zardobidan olishi shart.