Электротехниканинг назарий асослари

Ushbu kitob "Elektrotexnika asoslari" fanini o'rganuvchi "Elektrotexnika, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi" bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Kitob o'zgaruvchan elektr zanjirlarini hisoblash, Om va Kirxgof qonunlarini qo'llash, kontur toklarini, tugunlardagi potensiallarni va ekvivalent generator usullarini qo'llab hisoblash bo'yicha ko'rsatmalarni o'z ichiga oladi. Hisoblar to'g'riligi quvvatlar balansini tekshirish va potensial diagramma qurish orqali tasdiqlanadi. Maqsad – talabalarga fanni o'zlashtirishda yordam berish.

Asosiy mavzular

  • Om va Kirxgof qonunlarini tatbiq etish usuli: Qarshiliklarni yulduz shakliga o'tkazib, Kirxgof qonunlari bilan toklar aniqlanadi. Qqrshiliklar uchburchagidan yulduz shakliga o'tib yangi zanjir hosil qilinadi. Olingan zaanjir soddalashtiriladi va tarmoqlarning ekvivalent qarshiligi aniqlanadi. So'ngra, zanjir uchun tenglamalar tuziladi.
  • Konturlardagi toklar usuli: Tarmoqlar va konturlardagi toklarning yo'nalishlari belgilanadi va xususiy qarshiliklar aniqlanadi. Umumiy qarshilik va konturlardagi elektr yurituvchi kuchlar hisoblab topiladi. Determinantlar yordamida toklar aniqlanadi.
  • Tugunlardagi toklar usuli: Xususiy o'tkazuvchanliklar hisoblanadi. Determinantlar hisoblab chiqiladi. Tugunlardagi toklar aniqlanadi.
  • Ekvivalent generator usuli: Zanjirning oltinchi tarmog'idagi tokni aniqlash uchun ekvivalent generator usuli qo'llaniladi. Oltinchi tarmoq uzilgan holatdagi kuchlanish va tok topiladi. I va I toklari kontur toklar usuli bilan aniqlanadi.
  • Potensial diagramma: Vol'tmetr ko'rsatishini aniqlash uchun nol nuqtasi yerga ulanadi va potentsiallar hisoblanadi. Tarmoqlardagi toklar kontur toklar usuli bilan aniqlanadi. Tashqi kontur uchun potentsial diagramma quriladi.