Avtotransportda hisob va hisobot

Ushbu o'quv qo'llanma avtotransport korxonalarida hisob va hisobotni tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodlari, asosiy vositalar va materiallarni hisobga olish, pul mablag'lari va hisob-kitoblar, mehnatga haq to'lash kabi muhim mavzular keng yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Statistik kuzatish va materiallar to'plash: Statistika fanining asosiy tushunchalari, predmeti, uslublari va vazifalari ko'rib chiqiladi. Ommaviy-ijtimoiy hodisalar, statistik to'plamlar, belgilar va ko'rsatkichlar haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, statistik kuzatishning tashkiliy shakllari va usullari, xatoliklarni aniqlash usullari ham yoritilgan.
  • Statistik ko'rsatkichlarni umumlashtirish: Mutlaq, nisbiy va o'rtacha miqdorlar, ularning turlari va o'lchash usullari batafsil tahlil qilingan. Dinamika qatorlari, ularning turlari, qoidalari va ko'rsatkichlari ko'rib chiqiladi. Iqtisodiy indekslar, alohida va yig'ma indekslar haqida ma'lumot beriladi.
  • Asosiy va mehnat haqi fondlar statistikasi: Asosiy fondlar, ularning tasnifi, baholash usullari, amortizatsiyasi va balansda aks ettirilishi batafsil yoritilgan. Shuningdek, asosiy fondlardan foydalanish ko'rsatkichlari va mehnat haqi statistikasi ham ko'rib chiqiladi.
  • Avtomobilda ish bajarish xizmat koʻrsatish tannarxining statistikasi: Bajarilgan ish va xizmatlar, muomala xarajatlari haqida tushuncha beriladi. Ish va xizmatlar tannarxini kalkulatsiya moddalari bo'yicha o'rganish, tannarx dinamikasi va bir so'mlik ish va xizmatlarga qilingan xarajatlar tahlil qilinadi.
  • Buxgalteriya hisobi faniniing predmeti va metodi hamda tadqiqot usullari. Buxgalteriya balansi: Buxgalteriya hisobi fanining predmeti, obyekti, vazifalari va usullari batafsil yoritilgan. Avtotransport korxonalarida hisob siyosatining xususiyatlari, asosiy fondlar balansi va hisobvaraqlarning korrespondensiyasi ko'rib chiqiladi.