Xiva xonligining davlat muassasalari faoliyati
Bitiruv malakaviy ishida O'zbekiston hududida davlat muassasalarining tashkil topishi, Xiva xonligining tashkil topishi va davlat boshqaruvi, Xiva xonligi davlat muassasalarining tashkil topishi va faoliyati kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Shuningdek, Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi rasmiy faoliyat yuritgan davlat muassasalari ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- O'rta Osiyoda davlat muassasalari va ularning davlat boshqaruvidagi o'rni: O'zbekiston hududida ilk davlat uyushmalarining paydo bo'lishi, ularning tuzilishi va vazifalari, davlat shakllarining o'zgarishi.
- Xiva xonligining tashkil topishi va davlat boshqaruvi: Xiva xonligining tashkil topishi, Shayboniylar va Qo'ng'irotlar sulolasi hukmronligi, xonlikning hududiy kengayishi, davlat boshqaruv tizimi, madaniy hayoti.
- Xiva xonligi davlat muassasalarining tashkil topishi va faoliyati: Saroy va xonlik boshqaruvida faoliyat yuritgan davlat muassasalari (amir ul-umaro, beklarbegi, devonbegi, inoq va boshqalar)ning vazifalari, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi rasmiy faoliyat yuritgan davlat muassasalari (soliq idoralari, ta'lim muassasalari, litografiya)ning tuzilishi va faoliyat yo'nalishlari.