Sintetik va tabiiy yuqori malekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi
Ushbu kitob "Sintetik va tabiiy yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi" fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish uchun uslubiy qo'llanma hisoblanadi. Qo'llanma talabalarga polimerlar sintezi, ularning xossalarini o'rganish va texnologik usullarini amaliy jihatdan o'zlashtirishga yordam beradi. Kitobda turli xil polimerlarni sintez qilish usullari, plastmassalar va elastomerlar olish texnologiyalari, shuningdek, olingan materiallarning xossalarini tahlil qilish usullari keltirilgan. Qo'llanma kimyo-texnologiya yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Polimerlar sintezi: Kitobda sopolimerlar sintezi (suspenziya usuli), stirolni divinilbenzol bilan sopolimerlash, vinilxloridni emulsiyada polimerlash, vinilatsetatni eritmada polimerlash, akril va metakril kislotalarini suvda polimerlash, akrilonitrilni monomerda polimerlash, geksametilendiizotsianat va dietilenglikoldan eritmada poliuretan olish kabi sintez usullari batafsil yoritilgan.
- Plastmassalar va elastomerlar texnologiyasi: Emulsion polistirollardan gaz bilan to'ldirilgan ko'pik polistirol olish, varaq viniplastni presslash, fenol-furfurol oligomerini olish, karbamid-formaldegid oligomerini suvdagi eritmasini olish, ftal angidridi bilan etilenglikol asosida poliefir olish, distillangan yog'li kislotalar bilan modifikatsiyalangan pentaftal poliefirini azeotrop usulda olish kabi texnologiyalar ko'rib chiqiladi.
- Polimer xossalarini o'rganish: Polimerlarning qovushqoqligi, eruvchanligi, termomexanik xossalari, fizik-mexanik xossalari (mustahkamlik, cho'zilish, zarbga chidamlilik), kimyoviy ta'sirlarga chidamliligi kabi xususiyatlarni aniqlash usullari keltirilgan.
- Madifikatsiyalash: Polimerlarni madifitsiyalash usullari: perxlorvinil polimerini eritmada olish, polivinil spirtini ishqor ishtirokida olish, rezol oligomeri va polivinilbutiral asosida elim olish va xossalari.