Ko‘p zaryadli marganets klasterlariga ega bo‘lgan kremniy asosida foton xisoblagichlarining texnalogiyasini ishlab chiqarish va tayyorlash

Ushbu kitob yarimo'tkazgichli materiallar, xususan, kremniy asosidagi fotopryomniklar va foton datchiklarini yaratish texnologiyalariga bag'ishlangan. Kitobda kremniy materialiga kirishma atomlarini kiritish, kompensatsiyalash, hamda uning elektrfizik xossalarini o'rganish masalalari ko'rib chiqilgan. Asosiy maqsad - kompensatsiyalangan kremniy asosida fotosezgirlikni oshirish va yangi turdagi qurilmalar yaratish imkoniyatlarini tadqiq etish.

Asosiy mavzular

  • Kremniy materialiga kirishma atomlarini diffuziyasi va fotootkazuvchanlik: Kirishma atomlarning kremniy materiallariga diffuziyasi, eruvchanligi, chuqur energetik satxlar hosil qilish xususiyatlari va kompensatsiyalangan kremniyda fotootkazuvchanlikning harorat va yorug'lik ta'sirida o'zgarishi ko'rib chiqiladi.
  • Kompensatsiyalangan kremniyni olish texnologiyasi hamda uni elektrofizik va fotoelektrik o'lchash usullari: Kremniyli taglikka mexanik ishlov berish, sayqallash, yemirish usullari, kristall qirqish, marganets bilan legirlash, Xoll effekti asosida o'lchash va fotootkazuvchanlikni o'lchash usullari batafsil yoritilgan.
  • Kompensatsiyalangan kremniy asosidagi foto va foton datchiklar: Infraqizil va integral nurlarni sezuvchi fotopryomniklar, kompensatsiyalangan kremniy asosida foton xisoblagichlar yaratish tamoyillari va ularning xususiyatlari muhokama qilingan.