Xalqumning klinik anatomiyasi, fiziologiyasi va tekshirish usullari
Ushbu kitob halqumning klinik anatomiyasi, fiziologiyasi va tekshirish usullariga bag'ishlangan. U tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalari, otorinolaringologiya yo'nalishi magistrlari, klinik ordinatorlari va umumiy amaliyot shifokorlari uchun mo'ljallangan o'quv-uslubiy qo'llanma sifatida tavsiya etiladi. Qo'llanma halqumning embriologiyasi, anatomiyasi, fiziologiyasi, kasalliklarini aniqlash va davolash usullarini o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Embriologiya, bolalarda halqumning o'ziga xos klinik anatomiyasi: Halqumning embrional rivojlanishi bosqichlari, bolalarda halqumning o'ziga xos tuzilishi va mikroskopik anatomiyasi.
- Halqumning klinik anatomiyasi: Halqumning tuzilishi, devorlari, bo'limlari, qon bilan ta'minlanishi, limfa sistemasi va innervatsiyasi.
- Halqum fiziologiyasi: Halqumning asosiy faoliyatlari: havo o'tkazish, chaynov kompleksi, ovqat o'tkazish, rezonatorlik va himoya vazifalari.
- Halqum limfadenoid halqasining funksional xususiyati: Halqum limfa tomirlari, follikulalar, limfostitlar, kriptalar tuzilishi, sekretor antitelalar, himoya mexanizmlari va limfoepitelial organlarning joylashishi.
- Halqumni tekshirish usullari: Anamnez, ko'ruv, halqum endoskopiyasi (orofaringoskopiya, stomatofaringoskopiya, mezofaringoskopiya), epifaringoskopiya (orqa rinoskopiya), gipofaringoskopiya (bilvosita laringoskopiya), burunhalqumni barmoq yordamida paypaslash, fibrooptik nazofaringoskopiya, ultratovush tekshirish usuli.
- Ta'm bilish organi: Ta'm bilish organining tuzilishi, fiziologiyasi va tekshirish usullari.