Soliq hisoboti

Ushbu kitob soliq hisobining nazariy asoslari, amaliyoti va uni tashkil etish masalalarini qamrab olgan. Unda soliqlar hisobining nazariy asoslari, soliq hisobotining xorijiy tajribasi, soliq hisobining ob'ekti va metodi, soliq hisobi tizimi va hisob siyosati, bevosita soliqlarning hisobi hamda mol-mulk va resurs soliqlari hisobi kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Soliqlar hisobining nazariy asoslari: Ushbu mavzuda soliq hisobiga boʻlgan zaruriyat va uning rivojlanishi, soliq hisobini tashkil etishning xorij tajribasi kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, soliq hisobining shakillanishi, buxgalteriya hisobi, soliq hisobi va soliq tizimining oʻzaro bogʻliqligi, soliq hisobi, soliq hisobining vazifasi, hisob turlarining tasnifi, soliq hisobini tashkil etishda xorijiy tajribasi kabi tushunchalar tahlil qilinadi.
  • Soliq hisobining ob'ekti va metodi: Ushbu mavzuda soliq hisobining predmeti va ob'ektlari, soliq hisobining tamoyillari va metodi, soliq hisobining registrlari, soliq hisbotini tuzish tartibi kabi masalalar yoritiladi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi predmeti, soliq hisobining predmeti, hisob ob'ekti, hisob tamoyillari, metod, hisob registrlari, analitik hisob registri, sintetik hisob registri, hisob siyosati, soliq hisobi siyosati, hisob siyosatining tarkibi, daromad, harajat, asosiy vosita, nomoddiy aktivlar, amortizatsiya ajratmasi, TMZ kabi atamalarga ta'rif beriladi.
  • Soliq hisobi tizimi va hisob siyosati: Ushbu mavzuda soliq hisobi siyosatini takomillashtirish va soliq boʻyicha operatsiyalarni hisobga olish kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi predmeti, soliq hisobining predmeti, hisob ob'ekti, hisob tamoillari, metod, hisob registrlari, analitik hisob registri, sintetik hisob registri kabi atamalarga ta'rif beriladi.
  • Bevosita soliqlarning hisobi: Ushbu mavzuda foyda soligʻini hisobi va hisoboti, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hisobi va hisoboti, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va hisoboti, doimiy va vaqtinchalik farqlarning hisobi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Mol-mulk va resurs soliqlari hisobi: Ushbu mavzuda mol-mulk soligʻi hisoboti, er solig'i hisobi va hisoboti, er qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliq hisobi va hisoboti, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobi va hisoboti kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Kichik biznes sub'ektlari tomonidan toʻlanadigan soliqlar va majburiy to'lovlar hisobi: Ushbu mavzuda yagona soliq toʻlovini hisoblash va hisob kitoblarni taqdim etish tartibi, yagona er soligʻi va hisoboti, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qat'iy belgilangan soliq hisobi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.