O‘zbekistondagi arxeologik yodgorliklardan topillgan devoriy su’ratlarni ta’mirlash muammolari.
Ushbu kitob O'zbekiston hududidagi arxeologik yodgorliklardan topilgan devoriy sur'atlarni o'rganish, restavratsiya qilish muammolariga bag'ishlangan. Unda Afrosiyob devoriy sur'atlari asosida shu sohadagi ilmiy izlanishlar natijalari, muammolar va yechimlar ko'rsatilgan.
Asosiy mavzular
- O'zbekiston hududidagi devoriy sur'atlarning o'rganilish tarixi: O'zbekistonda topilgan devoriy sur'atlarning o'rganilish bosqichlari, tadqiqotchilarning ishlari va qo'lga kiritilgan natijalar tahlil qilinadi.
- Ilk o'rta asr Afrosiyob devoriy sur'atlarining tarixiy badiiy xususiyatlari: Afrosiyob saroyi devorlaridagi tasvirlarning talqini, kompozitsiyasi, ranglari va ularning ramziy ma'nosi o'rganiladi.
- Afrosiyob devoriy sur'atlarining restavratsiya va konsirvatsiya masalalari: Devoriy sur'atlarni restavratsiya qilish usullari, materiallar, texnologiyalar va shu sohadagi muammolar muhokama qilinadi.
- Afrosiyob devoriy sur'atlarining O'rta Osiyo tasviriy san'at taraqqiyotida o'rni: Afrosiyob devoriy sur'atlarining O'rta Osiyo san'atiga ta'siri, qo'shni hududlar bilan madaniy aloqalari va ularning o'ziga xos xususiyatlari aniqlanadi.