Nеft – gаzni qаytа ishlаsh tехnоlоgiyasi

Ushbu kitob neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi fanini o'rganuvchi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. U neft va gazni qayta ishlashning nazariy asoslari, texnologik jarayonlar, qurilmalar va ularning ishlash usullarini o'z ichiga oladi. Kitobda yonilg'i va surkov moylarini tozalash, kreking, riforming, gidrogenizatsiya, deparafinlash, gazlarni fraksiyalash kabi asosiy jarayonlar batafsil yoritilgan. Respublikamizdagi neft-gaz sanoatining rivojlanishi, korxonalari va istiqbollari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Sanoatda neft, gaz kondensati va gazni qayta ishlash qurilmalari: Neft va gaz sanoatining ahamiyati, Oʻzbekistondagi neft-gaz korxonalari, neftdan yoqilgʻi olish texnologiyalari, gazni qayta ishlash korxonalari.
  • Katalitik riforming. Jarayonning asosiy reaksiyalari va katalizatorlari: Katalitik riformingning maqsadi, kimyosi, katalizatorlari, reaksiyalari va ularning asoslari, aromatik uglevodorodlar hosil boʻlishi.
  • Katalitik riforming jarayonining sanoatdagi qurilmalari: Riforming qurilmalarining rivojlanish tarixi, asosiy faktorlari, sanoatdagi qurilmalarning tuzilishi va ishlash tartibi, texnologik sxemalar.
  • Gidrogenizasion jarayonlar: Gidrogenizasion jarayonlarning vazifalari, neft distillyatlarini gidrotozalash, katalizatorlar, xom ashyo, mahsulotlar, asosiy omillar, jarayonning asosiy ko'rsatkichlari.
  • Gidroochistka jarayonining sanoatdagi qurilmalari: Gidroochistka jarayonining sanoatdagi qurilmalari, qurilmalarning turlari, texnologik chizmasi va tavsifi, piroliz jarayoni, benzin fraksiyasini tozalash usuli.
  • Neft hom ashyosini tozalash va ajratish texnologiyasi: Yonilgʻi va surkov moylarini tozalash jarayonining maqsadi, neft yonilgʻilarining asosiy turlari va sifati, neft moylari, moy fraksiyalarini tozalash usullari, moy fraksiyalarini tanlab erituvchilar bilan tozalash.
  • Neft mahsulotining sifatini yaxsxilash uchun prisadka: Neft mahsuloti tarkibiga qusxiladigan prisadkalarning vazifasi, qoʻshimchalarni ishlab chiqarish texnologiyasi, ularning turlari va xossalari.
  • Tovar yonilg'ilar tayyorlash. Avtomobil va aviasion benzinlar: Avtomobil va aviasion benzinlar turlari, dizel yoqilgʻilari va reaktiv dvigatellar uchun ishlatiladigan yonilgʻilar, surkov moylar, texnologik jarayonlar.
  • Kokslash jarayonlari: Kokslash jarayonining maqsadi, olinadigan mahsulotlar, turlari, texnologik chizmasi, izohi, fizikaviy xossalari.
  • Termik kreking jarayoni: Termik kreking jarayonining vazifasi, kimyosi, mexanizmi, neft xom ashyosining oʻzgarishini asosiy omillari, texnologik jarayonlar.
  • Engil uglevodorod gazlarini qayta ishlash jarayonlari: Gazlarni olinish manbalari, ularning tarkibi, qayta ishlashga tayyorlash, gazlarni ajratuvchi absorberlar (deetanizatorlar).
  • Gazlar aralashmasini fizikaviy usul bilan ajratish: Gazlarni rektifikasiya usulida ajratish, GFU qurilmasini sxemasi, sanoatdagi gazlarni fraksiyalarga ajratish qurilmalari, AGFU sxemasi.
  • Zavodlardagi to'yinmagan gazlarini ishlatish: Yengil gazlar tarkibidagi to'yinmagan uglevodorodlar, sanoatda qo'llash, izobutanni butilen bilan alkillash, sanoatdagi qurilmalar.
  • Tabiiy gazni tarkibi to'g'risida umumiy tushuncha: Tabiiy gazni tarkibi to'g'risida tushuncha, qayta ishlash, gazlarni tozalash, tozalashning absorbsiya va adsorbsiya usullari, taraqqiyoti hozirgi zamon talablari.
  • Tabiiy gazlarni namsizlantirish: Gazlarning namligi haqida tushuncha, absolyut va nisbiy namlik, namsizlantirishning fizikaviy asoslari, qurilmasi, texnologik sxemasi, uskunalari.