Yer uchastkasi ko‘chmas mulk ob’ekti sifatida
Ushbu kitob yer uchastkalarini mulk ob'ekti sifatida ko'rib chiqadi, O'zbekiston Respublikasida yerlarning tasnifi, yer huquqi, munosabatlar, ijarasi, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yish va boshqa masalalarni yoritadi.
Asosiy mavzular
- Oʻzbekiston Respublikasida yerlarning tarkibi: Yer fondi toifalari, qishloq xoʻjaligi yerlari, aholi punktlari yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa yerlari, tabiatni muhofaza qilish yerlari, tarixiy-madaniy yerlar, oʻrmon fondi yerlari, suv fondi yerlari, zaxira yerlar.
- Yer huquqi. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi va boshqa shaxslarga oʻtishi: Yer uchastkasining ta'rifi, boʻlinadigan va boʻlinmaydigan yerlar, Oʻzbekiston Respublikasida yerga boʻlgan mulkchilik, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy va muddatli egalik qilish, syervitut.
- Yer munosobatlari: SHaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari byerish, tanlov asosida yer byerish, yer uchastkalaridan qidiruv ishlari uchun foydalanish, yer uchun haq toʻlash, yer ajratish hujjatlari.
- Yer uchastkasi ijarasi: Yer uchastkasining ijarasi, shartlari va muddatlari, ijara haqi, ijarani bekor qilish tartibi.
- Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish, qayta sotib olish: Yer uchastkasini olib qoʻyish tartibi, ob'ekt quriladigan joyni kelishish, huquqlarning tiklanishi, zararni qoplash.