Tеxnologik jarayonlarni modеllashtirish va optimallashtirish asoslari

Ushbu kitob "Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari" fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmadir. Unda boshqarish sistemalarini modellashtirishning statistik usullari, statika va dinamikasini tavsiflovchi modellar, faol tajriba natijalari bo'yicha rostlash ob'ektining uzatish funktsiyasi, korrelyatsion tahlil usulida statik modelni qurish, dinamik modellarni Trace Mode amaliy dasturlash paketi yordamida qurish va Unisim Design dasturlash paketi yordamida mnemoxemalar tuzish kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, uslubiy ko'rsatma talabalarga EHMda modellashtirish, hisoblash va grafik ishlarni bajarish, natijalarni tahlil qilish va hisobot tayyorlashda yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Boshqarish sistemalarini statistik usul orqali modellashtirish: EHMda model tuzish va tasodifiy jarayonning taqsimot funksiyasini qurish, immitatsion modellashtirish usulini qoʻllash, statistik tajribalar usulidan foydalanish.
  • Boshqarish sistemalarining statikasini tavsiflovchi modellarni Matlab 6.5 amaliy dasturlash paketi yordamida qurish: Koʻphadlar bilan ishlash, approksimatsiya masalalarini yechish, interpolyatsiya masalalarini yechish, Matlabda ko'phadlar ustida amallar bajarish.
  • Faol tajriba natijalari bo'yicha rostlash ob'ektining uzatish funktsiyasini olish: Chiziqli emperik bogʻlanishlarni qurish va ularning parametrlarini aniqlash, eng kichik kvadratlar usulining algoritmini tuzish, bog'lanish parametrlarni aniqlash.
  • Boshqarish sistemalarining dinamikasini tavsiflovchi modellarni Matlab 6.5 amaliy dasturlash paketi yordamida qurish: X va U kattaliklarni bogʻlovchi emperik bogʻlanishlarning koʻrinishini tanlash, bog'lanish parametrni eng kichik kvadratlar usuli bilan aniqlash.
  • Tajribani rejalashtirish usuli yordamida boshqarish ob'ektlarini matematik modellashtirish: Korrelyasion tahlil usulidan foydalangan holda ob'ekt modelini tuzish va oʻzgaruvchilar orasidagi bogʻliqlikni aniqlash, korrelyasion tahlilda X va Y kattaliklarni tahlil qilish.
  • Boshqaruv ob'ektining statik modelini korrelyatsion tahlil usulida qurish: Texnologik ob'ektlarining modelini otrtogonal reja asosida qurish, regressiya tahlili dispersiyalarning bir jinsliligi aniqlangandan keyin bajariladi.
  • Boshqarish sistemalari tashkil etuvchilarini dinamik modellarni Trace Mode amaliy dasturlash paketi yordamida qurish: Ikkita eksponenta yigʻindisi koʻrinishida tezlanish egri chizig'ini approksimatsiyalash va ob'ektning uzatish funksiyasini topish, Uzatish funksiyasi, impuls o'tish.
  • Boshqarish sistemalarining tuzilgan modellarining parametrlarini identifikatsiyalash: Suyuqlikni qoʻshimchalar zarralaridan tozalash sistemalarini modellashtirish usullarini oʻrganish, Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan harakatni tahlil qilish.
  • Boshqarish sistemalarining faoliyatini aks ettiruvchi dinamik modellarni Unisim Design dasturlash paketi yordamida tuzish: Unisim Design dasturlash paketi yordamida mnemoxemalar tuzishni tadqiq qilish, matlab tizimidan simulink paketiga ma'lumotlarni uzatishni o'rganish.