Bank auditi

Ushbu kitob bank auditi asoslarini, tijorat banklarida auditorlik tekshiruvlari o'tkazish usullarini, tashkil etishning huquqiy asoslarini va auditorlik faoliyatiga oid muhim ma'lumotlarni yoritadi. Kitobda auditorlik risklari, xulosalar va ularning turlari kabi masalalar batafsil tahlil qilinadi.

Asosiy mavzular

  • Bank auditi fanining predmeti, metodi va vazifalari: Bank auditining maqsadi va vazifalari, auditorlik tekshiruvlarining rivojlanishi, huquqiy asoslari va auditorlik metodlari bilan tanishtiradi. Auditning iqtisodiyotdagi roli va auditorlik faoliyatining shakllanishi kabi mavzular yoritilgan.
  • Bank auditining tashkil qilinishi va turlari: Bank auditining ichki va tashqi turlari, auditorlik tashkilotlarining huquq va majburiyatlari, tijorat banklarida ichki va tashqi auditni o'tkazish tartibi kabi muhim masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Naqd pul va kassa operatsiyalarining auditi: Naqd pul va boyliklarni audit qilish tartibi, saqlash binolariga qo'yiladigan talablar, kassa operatsiyalarini tekshirish usullari va audit jarayonida e'tibor qaratiladigan jihatlar yoritilgan.
  • Hisob-kitob operatsiyalari auditi: Mijozlarga ko'rsatilgan hisob-kitob operatsiyalarini audit qilish, ayrim hisob-kitob operatsiyalarini auditi, buxgalteriya hisobi va hisoboti operatsiyalarini tekshirish tartiblari ko'rsatilgan.
  • Tijorat banklari daromadlari, xarajatlari va foydasi auditi: Bank daromad va xarajatlarini tekshirish tartibi, tijorat banklarida yillik auditorlik tekshiruvlari, Foizli va foizsiz daromadlarni tekshirish amaliyotlari batafsil tahlil qilinadi.
  • Debitorlar, kreditorlar va qimmatli qog'ozlar auditi: Bank debitor va kreditorlar holatini audit qilish tartibi va tijorat banklari qimmatli qog'ozlar auditiga bag'ishlangan bo'limlar mavjud.
  • Valyuta operatsiyalari auditi: Chet el valyutasidagi bank operatsiyalarini audit qilish tartibi, ayirboshlash shaxobchalarini audit qilish tartibi, valyuta hisob operatsiyalari buyicha tekshiruvlar amalga oshiriladi.
  • Auditorlik risklari va auditorlik xulosalalari: Auditorlik faoliyati bilan bog'liq risklar, auditorlik xulosalari va ularning turlari bilan tanishasiz.