Ўзбек бастакорлари ижодидан Шашмақом ва халқ куйларининг таъсири
Ushbu kitob O'zbekiston musiqiy madaniyatining ulkan merosini, xususan maqom san'atini o'rganishga bag'ishlangan. Unda maqomlarning tarixi, rivojlanish bosqichlari, mashhur namoyandalari va maqomlarning jamiyatdagi ahamiyati yoritilgan. Kitobda Shoshmaqomning tuzilishi, cholg'u va ashula yo'llari ham batafsil tahlil qilingan. Qo'lyozma matnlardan olingan materiallar, ulug 'ustozlar hayoti va ijodi, mumtoz qo'shiqlarning notalari yosh avlodni musiqaga oid tushunchalarni kengaytirish va rivojlantirishga, ma'naviy dunyoqarashlarini o'stirishga xizmat qiladi.
Asosiy mavzular
- O'zbek xalqining musiqiy merosi tarixiga nazar: Bu bobda O'zbekiston hududida musiqaning qadimdan rivojlanib kelgani, buyuk allomalar (Al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino) musiqaga oid qilgan ishlari, maqom, mug'om, navba kabi musiqiy janrlar haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, o'n ikki maqom tizimi va uning evolyutsiyasi ko'rib chiqiladi.
- Shashmaqomning kelib chiqish tarixi: Bu bob Shoshmaqomning shakllanish jarayonini, uning O'rta Osiyo musiqiy madaniyatidagi o'rnini va ahamiyatini ochib beradi. Shoshmaqomning tuzilishi, cholg'u va ashula qismlari, sho'xbalari va ularning xususiyatlari tahlil qilinadi. Shashmaqomning mashhur namoyandalari va ularning ijodi haqida ham ma'lumotlar keltiriladi.
- Duhoh maqomi: Duhoh maqomi-maqomning 4chi qismi bo'lib unda duhoh maqomning tuzilishi, cholg'u va ashula yo'llari ham batafsil tahlil qilingan.
- Segoh maqomi: Ushbu maqomda Segoh maqomi va shuning tuzulishi, cholg'u va ashula yo'llari ham batafsil yoritilgan.
- Iroq maqomi: Iroq maqomi o'ziga hosligi bilan yoritilib mazkur maqomda yaratilgan qo'shiqlar namunalari keltirib o'tilgan.
- Musiqa madaniyatimiz namoyondalari: Bu bobda Komil Xorazmiy, Ota Jalol Nosirov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Madali Xofiz Rahmatillo o'g'li, Usta Olim Komilov, Domla Halim Ibodov kabi O'zbekiston musiqasi rivojiga katta hissa qo'shgan buyuk insonlar hayoti va ijodi haqida so'z yuritiladi.