Меҳнат таълими дарсларида фанларо интеграциядан фойдаланиш методикаси. (VIII-IX синф "Сервис хизмати" йўналиши мавзулари мисолида)
Ushbu bitiruv malakaviy ishi O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti Mehnat ta'limi kafedrasi talabasi Baxriddinova Shoira Axmedjonovna tomonidan yozilgan. Unda mehnat ta'limi darslarida fanlararo integratsiyadan foydalanish metodikasi (VIII – IX sinf “Servis xizmati” yo'nalishi mavzulari misolida) masalalari ko'rib chiqilgan. Ish kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
Asosiy mavzular
- MEHNAT TA'LIMIDA FANLARARO INTEGRASIYADAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI: Ushbu bobda fanlararo aloqadorlik tushunchasi mazmun va mohiyati, fanlararo aloqadorlikni vujudga kelishi, integrasiya tushunchasi, fanlararo integrasiani amalga oshirish yo'llari va imkoniyatlar bayon qilinadi. Shunungdek, ushbu bobda 8-9 sinflarda "Servis xizmati" yo`nalishi bo'yicha oq'uvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malaka talablari hamda taqvim mavzuiy rejasi beriladi.
- MEHNAT TA”LIMI DARSLARIDA FANLARARO INTEGRASIYADAN FOYDALANISH METODIKASI: Ushbu bobda mehnat ta'limi darslarining mehnat ta'limi darslari ko'proq chizmachilik, tasviriy san'at, matematika, fizika, ona tili va adabiyot, informatika asoslari, kimyo, tarix, jismoniy tarbiya, biologiya, geografiya kabi fanlar bilan aloqadorlikni amalga oshirish imkoniyatlari misollar yordamida bayon qilingan, mehnat ta'limi darslarida fanlararo integrasiyadan foydalanish metodikasi turli mavzular yordamida tushuntirilgan.