Юрак ўтказувчанлигининг бузилишида экг ўзгаришлар диагностикаси
Ushbu kitob yurak o'tkazuvchanligi buzilishlarida EKG o'zgarishlarini diagnostika qilishga bag'ishlangan. Unda turli xil blokadalar, ularning belgilari, sabablari va davolash usullari batafsil yoritilgan. Kitob talabalar, shifokorlar va kardiologiya sohasiga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Sinatrial blokada (SAB): Sinus tugunda hosil bo'lgan impulslarning bo'lmachalardan o'tkazilishining sekinlashuvi yoki davriy holda o'tkazilmay qolishi. 3 darajasi farqlanadi: 1-darajali SAB da impulslar sekinlashadi, lekin EKGda aniqlanmaydi; 2-darajali SAB da impulslar kamayadi (1-tipda sikldan siklga sekinlashuv kuzatiladi, 2-tipda davriy o'zgarishlarsiz impulslar tushib qoladi); 3-darajali SAB to'liq blokada bo'lib, P to'lqinlari uzoq pauza bilan ifodalanadi. Davolash uchun Atropin, Belladonna, Efedrin va boshqalar qo'llaniladi. Katta foyda beradigan usul elektrokardiostimulyator kuydirish.
- Bo'lmacha ichi blokadasi: Bo'lmacha o'tkazuvchi tizimida impulslarning o'tkazilishining buzilishi. Norma bo'yicha impulslar Baxman, Venkebax va Torrel yo'llari orqali o'tadi. Bo'lmacha ichi blokadasi deganida, tom ma'noda impulslarning Baxman tutami orqali o'tishi buzilishi tushuniladi. Sabablari: tug'ma yurak nuqsonlari, orttirilgan yurak nuqsonlari, miokarditlar, kardioskleroz, kardiomiopatiyalar, yurak glikozidlari, xinidin, B-adrenoblokatorlardan zaharlanish. Diagnos EKGdagi o'zgarishlarga asoslanib qo'yiladi. 3 varianti farqlanadi: 1-daraja (o'tkazuvchanlik sekinlashuvi) 2-daraja 1-tip va 2-tip va 3-daraja
- Atrioventrikulyar blokada: Impulslarning bo'lmachadan qorinchalarga qisman yoki butunlay o'tmasdan qolishi. Sabablari: N.vagus tonusining oshishi, AV tugun rivojlanishining buzilishi, YuIK, miokard va endokard yallig'lanishi, miokardning infiltrativ kasalliklari, yurak o'smalari, elektrolit balansining buzilishi. Tasnifi: Etiologik shakli (funksional, organik, tug'ma), darajasi (I, II, III), davomiyligi (transitor, permanent), anatomik joylashuvi (proksimal, distal). Klinikasi: PQ interval uzayishi, bosh aylanishi, holsizlik, hansirash, hushdan ketish. Davolashda ritmni tiklash va simptomlarni bartaraf etishga qaratilgan choralar ko'riladi (Atropin, Izoprenalin, Alupent va boshqalar).
- Qorinchalar ichi blokadasi: Impulsni giss oyoqchasi yokish shohlaridan aloxida eki birgalikda o'tkazilishining sekinlashuvi yoki tuxtashi. kamal etiologik sabablari AV kamaliynikidak, lekin vagus disfunksiyasi bu kamalga ta'sir qilmaydi. Ung oyoqcha buylab Utkazuvchanlik sekinlashuvi Soglom odamlarda ham uchraydi. Blokada variantlari: Bir tugamli: ung oyoqcha, chap oyoqcha oldingi shohi, chap oyoqcha ort shohi. Ikki tugamli: chap oyoqcha ikkala shohi, ung oyoqcha va chap oyoqcha oldingi shohi, ung oyoqcha va chap oyoqcha ort shohi. Uch tugamli: Blokada AV kabi doimi va utib ketuvchi buladi. Bundan tashqari oralik (kamal davri normal kiskarish davri bilan almashinuvi) va alternirlovchi (vakt davomida kamallarni uzaro almashinuvi) turlari ham buladi. kamal klinikasida auskultatsiyada I va II tonlarni chuzilishi eshitiladi. Ung oyoqcha tulik kamalida II tonni patologik chuzilishi (ikkilanishi) II ton upka komponenti aorta komponentidan oldin kelishi (normada aksincha buladi) kuzatiladi. va hokazo