Kosonsoy tumani Tergachi QFY hududida 2 postli avtoservis shaxobchasini loyihalash

Ushbu kitob avtoservis korxonalarini tashkil etish va loyihalash, ularda texnologik jarayonlarni tashkil etish, avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash texnologiyalari, mehnat muhofazasi va iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash masalalariga bag'ishlangan. Kitobda O'zbekistondagi avtoservis sohasining rivojlanishi, mavjud muammolar va ularni hal etish yo'llari ham ko'rib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Avtotransport vositalari texnik servisi ishlarining mohiyati: Avtoservis tizimining rivojlanishi- ko'rsatiladigan xizmatlarning ma'lum bir xususiyatlarga ega bo'lishini taqozo etadi.
  • O'zbekiston avtoservisini rivojlanishi va muammolari: Avtoservis xizmati asosan faqat bir turdagi, ya'ni shaxsiy yengil avtomobillarga mo'ljallanganligi va ko'rsatilishi soha ko'lamini toraytirdi va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini susaytirdi.
  • Avtoservis korxolarini texnologik hisobi: Shaxar ATXKSni turi va quvvatini ifodalovchi asosiy omllardan biri-bu loyihalashtirilayotgan stantsiyaning xizmat ko'rsatish bo'limidagi avtomobillarning rusumi bo'yicha soni va tarkibidir.
  • Avtoservis korxonasini yillik ishlar hajmini hisoblash: ASK yillik ish hajmiga TX va JT, yig'ishtirish - yuvish, kafillik davridagi TX va JT ishlari kiradi.
  • Tormoz tizimiga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash texnologiyasi: Davriy TXK dan tormoz tizimi bo'yicha barcha birikmalar va truba o'tkazgichlarning zichligi kompressorning hosil qiluvchi bosimi, jihozda tormozning ishlash sifati, detal va birikmalarni joyiga qotirilishi, tormoz tepkisining salt va ishchi yurish yo'li, tormoz barabanlari (disklari), kolodkalar, g'ildirak podshipniklari, gidravlik tormoz tizimidagi suyuqlik sathi, ko'p konturli pnevmatik tizimlardagi konturlar va tormoz kuchini sozlagichlarning ishlashi tekshiriladi.
  • Avtomobillarni yurish qismini kompyuter yordamida tekshirish: Hozirgi kunda avtomobillarni boshqarish g'ildiraklarini geometrik parametrlarini kompyuter yordamida aniqlashga katta e'tibor berilmoqda.
  • Avtoservis korxonalarini rejalashtirish: ASK ni texnologik loyihalash natijalari asosida ularni rejalashtirish amalga oshiriladi.
  • Avtoservis korxonalarida qulay mehnat sharoitlarini yaratish: Avtomobillarni yuvish turli chang va g'uborlardan tozalash ishlari bevosita transport vositalari egasi yoki ayrim shaxslar tomonidan katta yo'l bo'ylarida oqar suvlardan yoki xovuzlardagi suvdan foydalanib amalga oshirilmoqda.