Transpоrt vоsitalari detallarining ish qоbiliyatini qayta tiklash texnоlоgiyalari

Kitobda transport vositalarida ishlatiladigan yonilgʻi-moylash materiallari, texnik suyuqliklar, ularning vazifalari, ishlatilish sohalari va fizik-kimyoviy xossalari, neft mahsulotlaridan olish va tozalash usullari, ularni fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilash uchun qoʻshiladigan qoʻshimchalar hamda yonish jarayonida yonilgʻilarni yonishi va moylash materiallarini mashina mexanizmlarida ishlash mexanizmining nazariy asoslari bayon etilgan. Kitobda shuningdek yonilgʻi-moylash materiallarini isrofgarchiligini kamaytirish yoʻllari, ularni hisobga olish va meʼyorlash hamda ishlatilgan moylardan foydalanish usullari yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Avtomobil ishonchliligi va uni belgilovchi omillari. Avtomobil qismlarini ta'mirlash uchun tayyorlash: Avtomobil ishonchliligi, buzilmay ishlash, chidamlilik, remontga yaroqlilik va saklanuvchanlik kabi xossalar haqida ma'lumotlar beriladi. Ishqalanish turlari va detallarning yeyilish sabablari ko'rsatilgan.
  • Qism va detallarni tiklash usullarining tasnifi. Detallar mexnik ishlov berib tiklash: Detalni ta'mirlash o'lchamiga moslab tiklash usuli, qo'shimcha element qo'yish usuli va boshqa mexanik ishlov berish usullari batafsil tavsiflangan.
  • Detallarni plastik deformatsiyalash (bosim ostida) usuli bilan tiklash: Cho'ktirish, to'g'rilash, kengaytirish, toraytirish, botirish, cho'zish, nakatkalash kabi plastik deformatsiyalash usullari va ularning qo'llanilishi misollari bilan ko'rsatilgan.
  • Detallarni payvadlash va suyuqlantirib qoplash bilan tiklash: Gaz alangasida payvandlash va eritib qoplash, elektr yoyi vositasida payvandlash, elektrodlar, jarayon mohiyati va metallash turlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Detallarning ishlash imkoniyatini metallash usuli bilan tiklash: Kul rang va bolg'alanuvchi cho'yandan hamda alyuminiy qoplamlaridan yasalgan detallarning ishlash imkoniyatini tiklash xususiyatlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Detallarni elektr kimyoviy usul bilan tiklash: Metallarni gal vanik va ximiyaviy qoplash usullari, xromlash, po'latlash, metallarni korroziyadan ximoya qilish haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Detallarni kavsharlash yo'li bilan tiklash: Kavsharlash usullari, kavsharlashga tayyorlash, kavsharlar va flyuslar haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Detallarni sintetik yordamida tiklash usuli: Sintetik materiallar yordamida detallarni tiklash usuli, epoksid smolasi, kapron kukuni va yelim asosida tayyorlanadigan tarkiblar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Namunaviy detallarni ta'mirlash: Rez bali birikmalarni ta'mirlash, shlitsli va shponkali birikmalarni ta'mirlash, shesternyalarni ta'mirlash haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Detallarni tiklashni maqbul usulini tanlash: Detallarni tiklashni maqbul usulini tanlash uchun to'rtta asosiy kriteriy: texnologik kriteriy, ko'pga chidamlilik kriteriysi, tejamlilik kriteriysi, texnikaviy iqtisodiy kriteriy haqida ma'lumotlar beriladi.