5-sinf Informatika darsida “Kompyuter o‘yinlari ” mavzusini multimedia asosida o‘rganish
Ushbu kitobda umumiy o'rta ta'lim maktablarida informatika fanini o'qitishda multimedia texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati, kompyuterning asosiy va qo'shimcha qurilmalari, multimedia asoslari, Power Point dasturida animatsiya yaratish, 5-sinfda kompyuter o'yinlari mavzusini multimedia asosida o'rganish va bajarish uslubiyotlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Shaxsiy kompyuter. Uning asosiy va qo'shimcha qurilmalari: Shaxsiy kompyuterning tarkibiy qismlari (sistema bloki, monitor, klaviatura, sichqoncha, qo'shimcha qurilmalar), tizimli blokning tuzilishi, tezkor xotira, doimiy xotira, kesh xotira, videoxotira, shinalar, sistema platasi, modem, skaner, lazerli disklar haqida ma'lumot berilgan.
- Multimedia asoslari va kompyuter oʻyinlari: Multimedia va multimedia texnologiyasi tushunchasi, Power Point dasturida animatsiya yaratish usullari, kompyuter o'yinlarining turlari (boshqotirma o'yinlar, stol ustida o'ynaladigan o'yinlar, azart o'yinlar, boshqaruv-iqtisod o'yinlari, sport o'yinlari, harbiy o'yinlar va boshqalar) haqida ma'lumotlar berilgan.
- 5-sinfda kompyuter oʻyinlari mavzusini multimedia asosida oʻrganish va bajarish uslubiyoti: 5-sinf darsligidagi kompyuter o'yinlari ("Puzzle” va “So'z yasash” o'yinlari), multimediali kompyuter o'yinlari (darslikdagi “So'z yasash” o'yini-harflar yozilgan kvadrat shaklidagi 15 ta katakdagi bosh harflarni siljitish usuli bilan amalga oshiriladi va h.k), kompyuter o`yinlaridan foydalanish va bajarish uslubiyotlariga misollar keltirilgan.