Geoekologiya asoslari
Ushbu kitob geoekologiya fanining asosiy tushunchalari, rivojlanish tarixi, tadqiqot usullari, hamkorlikdagi fanlar, tadqiqot ob'ektlari va dolzarb muammolarini qamrab oladi. Kitob, tabiat va jamiyat munosabatlarining buzilishi oqibatlarini minimallashtirishga qaratilgan geoekologik bilimlarni o'rganish uchun muhim qo'llanmadir.
Asosiy mavzular
- Geografiya va ekologiyaning o'zaro aloqadorligi va bog'liqligi: Geografiya va ekologiyaning integratsiyasi,ekologik muammolarni hal qilishda geografiyaning ahamiyati, konstruktiv geografiya konsepsiyasi, geografik yondashuvlarning qo'llanilishi, antroposferaning o'rnini tadqiq qilish masalalari.
- Tabiat – jamiyat oʻzaro ta'sirining geografik jihatlari: Tabiat va jamiyatning dialektik birligi, Tabiat va jamiyat oʻzaro taʼsirining keng koʻlamlarda boʻlishi, ekologik muammo atrof tabiiy muhit sifatining hamda insonning turmush tarzining yomonlashuvi, an'anaviy energetika va xom ashyo resurslarining qashshoqlashuvi bilan bog'liqligi
- Geoekologiya – yangi integrativ ilmiy yoʻnalish: Geoekologiyaning metodologik asoslari, ob'yekti, maqsadi va vazifalari, fanlar tizimidagi oʻrni. Geoekologiyaning shakllanishi rivojlanishining qisqacha tarixi, K. Troll geografiyada ekologik yondashuv uning ijtimoiy va tabiiy tarmoqlari orasidagi boglanishni ta'minlaydigan darajagani belgilashga harakat qiladi, geoekologik tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega.
- Geografik qobiq va biosferaning vujudga kelishi va rivojlanishining qisqacha tarixi: Geografik qobiqning tuzilishi, rivojlanishi va xususiyatlari. Biosfera evolyutsiyasi, biosferaning vazifalari va tashkil etilishi, tirik organizmlarning roli
- Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va qayta tiklashning asosiy tamoyillari: Tabiiy muhitning tarkibiy qismini tashkil etuvchi landshaft inson bilan doimiy ravishda oʻzaro taʼsirda boʻladi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qayta tiklash va muhofaza qilish birligi tamoyili jamiyatning tabiat bilan oʻzaro munosabatlaridagi asosiy oʻzgarmas tamoyilidir.