O`zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari

Ushbu kitobda O'zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari, uning iqtisodiy ahamiyati, mavjud resurslar va istiqbolli loyihalar tahlil qilingan. Kitob davlat siyosati, turizmni tartibga solish, istiqbolli yo'nalishlar, xorijiy tajriba, marketing strategiyalari va hududlarni rivojlantirish kabi masalalarni qamrab oladi.

Asosiy mavzular

  • O'zbekistonda turizmning o'rni va ichki turizmning nazariy asoslari: Turizmning iqtisodiyotdagi ahamiyati, davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, ichki turizmning asosiy kategoriyalari va qonunchilik bazasi yoritilgan.
  • O'zbekistonda ichki turizm sohasidagi o'zgarishlar: Mustaqillik yillarida ichki turizm industriyasining rivojlanishi, milliy iqtisodiyotdagi salmog'i, ijtimoiy turizmning roli va statistik tahlili keltirilgan.
  • O'zbekistonda ichki turizmni yanada rivojlantirish istiqbollari va chora-tadbirlari: Ichki turizmni rivojlantirishda xorijiy tajriba, turli turistik loyihalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, O'zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun chora-tadbirlar taklif etilgan. Og'itmaning issiq tarovati nomli turistik markaz loyihasi va turistik dasturi yoritilgan
  • Ijtimoiy Turizm: Ijtimoiy turizmning mohiyati, xususiyatlari va rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan, shuningdek jamiyat va hududlarga ijobiy ta'siri yoritilgan