Ароматик углеводородларни экстракциялаш технологик тизимини автоматлаштириш ва бошқариш
Ushbu kitob aromatik uglevodorodlarni ekstraktsiyalash texnologik tizimlarini avtomatlashtirish va boshqarishga bag'ishlangan. Unda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tamoyillari, o'lchov asboblari va rostlash tizimlari, datchiklar, ijrochi mexanizmlar hamda zamonaviy boshqaruv tizimlari - dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar (PLC) haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, kitobda jarayonning xavfsizligi, mehnat muhofazasi va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ham ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Texnologik jarayonni boshqarish obyekti sifatida tahlil: Standart rostlash qonunlari, ko'p konturli avtomatik rostlash sistemalari (ARS), kombinirlangan ARS, bug'latish uskunalarini avtomatlashtirish, rektifikatsiya kolonnalarida distillyat tarkibini rostlash, bosimni rostlash sistemalari
- Texnologik tizim va jarayonni reglamenti va tavsifi: Aromatik uglevodorodlarni ekstraktsiyalashning texnologik sxemasi, jarayonning maqsadi, xom ashyo va olinadigan mahsulotlar, texnologik rejim
- Texnologik jarayonni avtomatlashtirishning funktsional sxemasi: Avtomatlashtirishning asosiy vazifalari, nazorat qilinadigan va rostlanadigan parametrlar, boshqaruv algoritmlari
- Datchik va nazorat o'lchov asboblarining spetsifikatsiyasi: Sarf o'lchagichlar, bosim o'lchagichlar, temperatura datchiklari, satx o'lchagichlar, gaz analizatorlar, ishlash sharoitlari, kalibrlash, ishlash xarakteristikasi
- Ijrochi mexanizm: Elektr ijrochi mexanizmlar, клапанларнинг ishlash xarakteristikasi
- Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarni tanlash va uni asoslash: Kontrollerlarni tanlash mezonlari, avtomatlashtirish arxitekturasi, dasturlash tillari, apparat ta'minoti
- Avtomatik rostlash sistemasining dinamik xarakteriskalari: Ob'ektning dinamik modeli, uzatish funktsiyasi, rostlash qonuni, turg'unlikni tahlil qilish
- Boshqarish tizimining strukturali va printsipial elektrik sxemasi: Elektr dvigatelini boshqarish sxemasi, elementlar ro'yxati, himoya va blokirovka tizimlari
- Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi: Ishlab chiqarish xavfsizligi, yong'in xavfsizligi, zaharli moddalar ta'siri, chang ta'siri, elektr xavfsizligi