Texnologik jarayonlarni loyihalash

Ushbu kitob toʻqimachilik sanoati korxonalarini, xususan yigiruv fabrikalarini loyihalash va modernizatsiya qilish masalalariga bagʻishlangan. Unda yigirish texnologiyalari, mashinalar tizimi, ishlab chiqarish rejalari, uskunalar joylashtirish, iqtisodiy koʻrsatkichlar va ekologik jihatlar kabi koʻplab muhim jihatlar atroflicha yoritilgan. Kitob talabalar, mutaxassislar va sohaga qiziquvchilar uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • Yigirish sistemalarini tanlash va asoslash: Ushbu mavzu yigirish uchun mashinalar va ularda bajariladigan texnologik jarayonlar majmuasini o'z ichiga oladi. Qaysi yigirish sistemalaridan foydalanish kerakligi haqida ma'lumot beradi, bunda olinadigan ipning sifati va tannarxi hisobga olinadi. Karda, qayta tarash, apparat sistemalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Mashinalar tizimini tanlash: Mashinalar zanjirini tanlashda etakchi loyihalash institutlari tavsiyalari, korxonalarda ishlayotgan uskunalar tizimi va ilg'or chet el firmalarida ishlab chiqarilayotgan uskunalar tavsiflariga asoslaniladi.
  • Texnologik uskunalar zanjirini tanlash: Texnologik uskunalarni tanlashdan fan taraqqiyot texnika va texnologiyani rivojlanishi yoʻnalishlarini va toʻqimachilik mashinasozligini yoʻnalishlarini yaxshi bilish kerak.[8]
  • Mashinalar asosiy ishchi organlarining tezligini tanlash va asoslash: Har bir mashinaning texnik tavsifida asosiy ishchi organlarining tezligi keltirilgan. Hamma tanlangan tezliklar asoslangan bo'lishi va ilg'or fabrikalar ko'rsatkichidan kam bo'lmasligi kerak. Odatda savash, tarash mashinalarining nazariy ish unumdorligini tanlab, asoslab olinadi, keyin ishlab chiquvchi organning aylanish tezligi topiladi.
  • Soatbay vazifa: SV - Soatbay vazifa deb - yigirish korxonasida 1 soat mobaynida ishlab chiqariladigan mahsulot miqdoriga aytiladi. Bu miqdor fabrika quvvatiga bog'liqdir.