Фермер хўжаликларида маҳсулдор қорамолларни уйғун диспансерлаш
Ushbu kitob fermer xo‘jaliklarida mahsuldor qoramollarni uyg‘un dispanserlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma bo‘lib, unda qoramollarning sog‘lig‘ini yaxshilash va kasalliklarni oldini olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berilgan. Qo‘llanma chorvachilikni rivojlantirish, ozuqa sifati, veterinariya xizmati va boshqa muhim jihatlarga e’tibor qaratadi.
Asosiy mavzular
- Disonpanserlashning asosiy tamoyillari: Disonpanserlashning uslubiy asoslari, dispanserlash hajmi va muddatlari, hamda unda ishtirok etuvchi guruhlar haqida tushunchalar berilgan.
- Tashxis bosqichi: Qoramol va g‘unojinlarni ichki yuqumsiz kasalliklar bo‘yicha dispanserlash, chorvachilik va veterinariya bo‘yicha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tahlili, umumiy veterinariya ko‘rigi, hamda laboratoriya tekshiruvlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Davolash bosqichi: Bu bosqichda sog‘lom hayvonlar bilan umumiy profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi. Kasal hayvonlar yakka tartibda davolanadi.
- Oldini olish bosqichi: Kasalliklarni oldini olish, hayvonlarni to‘g‘ri saqlash, naslchilik ishlarini tashkil etish, ozuqa sifatini nazorat qilish va boshqa tadbirlar ko‘rib chiqilgan.
- Laboratoriya tekshiruvlari: Qon, siydik va sut namunalarini tekshirish usullari, ularning ahamiyati va natijalarni tahlil qilish haqida ma’lumotlar berilgan.
- Akusher-ginekologik dispanserlash: Qoramollarda ginekologik kasalliklarni aniqlash va davolash, tug'ish jarayonini boshqarish, va sun'iy urug'lantirishning ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.
- Хirurgik dispanserlash: Qoramollarda uchraydigan xirurgik kasalliklarni aniqlash, diagnostika qilish va davolash usullari haqida ma'lumotlar berilgan.