Kristalli sodani quritish uchun barabanli quritishni xisoblash va loyihalash
Ushbu kitob kristall sodani quritish uchun barabanli quritishni hisoblash va loyihalashga bag'ishlangan. Unda quritish jarayonining nazariy asoslari, quritish usullari, quritkichlarning konstruksiyalari va turlari, hisoblash usullari va loyihalash prinsiplari ko'rib chiqilgan. Kitob kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlashda qo'llanma sifatida foydalanishga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Quritish jarayonini tashkil etish usullari: Havo qizdirilishi va bir marta quritish kamerasidan o'tishi, havoni ko'p marta oraliq isitish, ishlatilgan havoni qisman retsirkulyatsiya qilish, ishlatilgan havodan ko'p marta foydalanish.
- Quritkichlar konstruksiyalari: Konvektiv, kontaktli va maxsus quritkichlar. Vakuum va atmosfera bosimida ishlaydigan quritkichlar. Davriy va uzluksiz ishlaydigan quritkichlar.
- Quritkichlar turlari: Kamerali, tunnelli, lentali, juvali va shaxtali quritkichlar. Mavhum qaynash qatlamli quritkichlar.
- Barabanli quritkich: Barabanli quritkichning tuzilishi, ishlash prinsipi, afzalliklari va kamchiliklari. Nasadkalar turlari. Barabanli vakuum-quritkichlar.
- Hisoblashlar qismi: Quritish qurilmasining unumdorligini hisoblash. Material zarrachalarining ilchamlarini aniqlash. Materialning namligini aniqlash. Nam havoning parametrlarini aniqlash. Issiqlik balansini tuzish. Barabanli quritkichning asosiy ilchamlarini aniqlash. Ventilyatorni tanlash. Kalorifer hisobi. Quritkichning mexanik hisobi.