Фермер хўжаликларида маҳсулдор қорамолларни уйғун диспансерлаш

Ushbu kitob fermer xo‘jaliklarida mahsuldor qoramollarni uyg‘un dispanserlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma bo‘lib, chorvachilikni rivojlantirish, qoramol kasalliklarining oldini olish, veterinariya xizmatini takomillashtirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Qoramollarni uyg'un dispanserlash: Kasalliklarni aniqlash, davolash va oldini olishga qaratilgan reja asosida tashxislash, davolash va oldini olish tadbirlari tizimi.
  • Tashxis bosqichi: Sigir va g'unajinlarni ichki yuqumsiz kasalliklar bo'yicha dispanserlash, chorvachilik va veterinariya bo'yicha ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini tahlil qilish, umumiy veterinariya ko'rigi, klinik tekshiruvlardan o'tkazish.
  • Davolash bosqichi: Sog'lom hayvonlar guruhi bilan umumiy profilaktik tadbirlar o'tkaziladi. Kasal hayvonlar yakka tartibda davolanadi. Modda almashinuvi buzilgan hayvonlar guruhi bilan guruhli profilaktik davolash o'tkaziladi.
  • Oldini olish bosqichi: Veterinariya vrachlari, agranomlar, zootexniklar va xojalik rahbarlari har tomonlama chora-tadbirlar rejasini tuzadilar.
  • Laboratoriya tekshiruvlari: Qon, siydik va sut tahlillari. Qonda ishqoriy zaxira, gemoglabin, umumiy oqsil, mochevina, umumiy va ionlashgan kaltsiy, anorganik fosfor, magniy, mikroelementlar, glyukoza, keton tanachalari, zarur hollarda esa umumiy lipidlar, triglitseridlar, ЭМЁК, xolesterin, fosfolipidlar, beta-lipoproteidlar, karotin, vitaminlar, ishqoriy fosfataza, AsAT, AlAT, LDH fermentlari faolliklari aniqlanadi. Siydikda рН ва ацетон таначалари аниқланади.