Said Ahmad hajviyotida badiiy mahorat

Ushbu kitob O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Said Ahmadning hayoti va ijodiga bag'ishlangan bitiruv malakaviy ishidir. Kitobda Said Ahmadning o'zbek hajvchiligidagi o'rni, asarlarining badiiyati, o'ziga xosligi va ustozlari haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, Said Ahmadning lirik-yumoristik hikoyalari, hajviyalari, miniatyuralari tahlil qilinadi.

Asosiy mavzular

  • Said Ahmadning o'zbek hajvchiligidagi o'rni: Said Ahmad o'zbek adabiyotining chinorlaridan, oqsoqollaridan biridir. U o'z iste'dodi bilan, qalamining o'tkirligi bilan, betakror qahramonlar galereyasini yaratgani bilan bu sharafli nomga sazovor bo'lgan munosib ijodkordir.
  • Said Ahmad hajviy asarlarining badiiyati: Said Ahmad kulgusining sarchashmalaridan yana biri bu xalq og'zaki ijodidir. Said Ahmad kulgusining yuksalib borishga xalq ijodiyotining juda ko'p janrlari muhim ta'sir ko'rsatdiki, bularning hammasini birma-bir sanab oʻtishning imkoniyati yoʻq.
  • Adibning xalq maqollari va iboralaridan foydalanish mahorati: Said Ahmad kulgi yaratishda xalq og'zaki ijodining boshqa janrlaridan, vositalaridan, obraz yaratish usullaridan ham samarali foydalandi. Maqollar obrazlarni individuallashtirish, xarakterlarni yorqinroq ochish, ularga satirik yoki yumoristik bo'yoq berish, kishilarning voqea-hodisalarga munosabatini ifodalash, asar g'oyasini, tilini boyitish kabi maqsadlarda ishlatiladi.