Босимга чидамли поликарбонат ва полиэтилен материалларидан тажрибавий циклон ускунасини тайёрлаш

Ushbu bitiruv malakaviy ishi bosimga chidamli polikarbonat va polietilen materiallaridan tajribaviy siklon uskunasi tayyorlashga bag‘ishlangan. Unda kimyo, neft-gaz va oziq-ovqat sanoatlarida qo’llaniladigan texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish, qurilmaning texnik xavfsizligi, iqtisodiy sarf-harajatlari kabi masalalar ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Texnologik bo‘lim: Bo‘limda changli gazlarni hosil bo‘lishi, ularni tozalash usullari, og‘irlik, inersion va markazdan qochma kuchlar ta’sirida tozalash, gazlarni suyuqlik bilan yuvib tozalash, elektr maydon ta’sirida tozalash usullari, tajriba qurilmasining tuzilishi, sinov natijalarini hisoblash va tahlil qilish kabi mavzular yoritilgan.
  • Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish: Bo‘limda kimyo, neft-gaz va oziq-ovqat sanoatlarida ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning ahamiyati, zamonaviy boshqaruv usullarini tatbiq etish, mashina va apparatlarni uzoq muddat ishlashini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilgan.
  • Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari: Bo‘limda bozor iqtisodiyotida sanoatning roli, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish, innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish, raqobatbardoshlikni oshirish, hamda tajribaviy siklonda ketgan xarajatlar yoritilgan.
  • Mexnat muhofazasi va atrof muhitni muhofaza qilish: Bo‘limda xavfsizlik texnikasi qoidalari, ishlab chiqarishdagi xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, shamollatish tizimi va havo haroratiga rioya qilish masalalari yoritilgan.