John Dryden’s tragedies: his style and language of writing
Ushbu bitiruv malakaviy ish restavratsiya davrining buyuk namoyondasi Jon Drayden tragediyalari va adibning uslubini o'rganishga bag'ishlangan. Izlanishning maqsadi Jon Drayden tragediyalari, yozuvchi uslubi, mavzusi va asarning asosiy falsafiy g'oyalari, o'ziga xos tili va mahoratini o'rganishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Draydenning bir qancha asarlari tahlil ostiga olinib, mashhur fojiasi “Barchasi sevgi uchun” chuqur tahlil qilingan. Shu maqsad yo'lida muallifning ingliz tilidagi asl manbalardan, o'ndan ortiq komediyalari, tragediyalari stilistik va qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot so'zboshi, kirish va ikki bobdan iborat bo'lib, so'zboshida mavzuning tanlanishi, uning dolzarbligi, yangiligi, ishning nazariy va amaliy ahamiyati ta'kidlanadi va shu bilan birga bitiruv malakaviy ishining maqsadi, vazifalari va uning asosiy xulosasi yoritilgan. Uning kirish qismida tili o'rganilayotgan davlatning madaniyati va tarixining qanchalik muhimligi, shuningdek, ularning ilmiy adabiyotlarda va darsliklarda qay darajada o'rganilganligi ko'rib chiqildi. Ilmiy tadqiqotning nazariy asoslari va uslublari belgilandi. Ilmiy tadqiqotning birinchi bobida Restavratsiya davri va o'sha davrda yashab ijod qilgan yorqin namoyondalar, xususan Jon Draydenning hayoti va ijodi o'rganib chiqildi. Ilmiy ishning ikkinchi bobida Drayden tragediyalari stilistik va qiyosiy jihatdan tahlil qilinib o'rganildi.
Asosiy mavzular
- Jon Draydenning tragediyalari va uslubi: Restavratsiya davri adibi Jon Draydenning tragediyalari, uning yozish uslubi, mavzulari va asarlarining falsafiy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, adibning o'ziga xos tili va mahorati o'rganiladi.
- Stilistik va qiyosiy tahlil: Muallifning ingliz tilidagi manbalari, o'ndan ortiq komediyalari va tragediyalari stilistik hamda qiyosiy jihatdan tahlil etiladi.
- Restavratsiya davri: Restavratsiya davri va unda yashab ijod qilgan yorqin namoyondalar, xususan Jon Draydenning hayoti va ijodi o'rganiladi.
- "Barchasi sevgi uchun" tragediyasi: Draydenning mashhur fojiasi chuqur tahlil qilinadi.