2-tioksoxinazolon-4 hamda 2-alkiltioxinazolon-4 larni Co(II), Ni(II) va Cu(II) tuzlari bilan koordinasion birikmalari sintezlash

Ushbu kitobda kimyoviy birikmalar, koordinatsion birikmalar, metallarning kompleks birikmalarini sintez qilish, tuzilishi va xususiyatlari batafsil o'rganilgan. Shuningdek, turli xil 2-tioksoxinazolon-4 asosidagi kompleks birikmalari misollar keltirilgan. Kompleks birikmalarning analitik xususiyatlari va ularni identifikatsiya qilish usullari muhokama qilingan. Tadqiqot maqsadi yangi biologik faol moddalarni yaratish uchun 2-tioksoxinazolon-4 va uning hosilalarini Co(II), Ni(II) va Cu(II) tuzlari bilan komplekslashtirish, ularning tuzilishini zamonaviy usullar yordamida o'rganishdan iboratdir.

Asosiy mavzular

  • Kompleks birikmalar sintezi: Molekulalarning tuzilishi va atom valentliklari, koordinatsion birikmalarning kimyoviy bog'lanish tabiati, kompleks birikmalarning turlari va metallarning aralash ligandli komplekslari ko'rib chiqilgan. 2-Tioksoxinazolon-4 va 3-amino-2-tioksoxinazolon-4 asosidagi komplekslar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Olingan natijalar tahlili: Xinazolon-4 va uning kaliyli hamda natriyli tuzlarini sintezlash usullari, xinazolon-4 ni mis(II) tuzlari bilan hosil qilingan turli tarkibli komplekslari, tioksoxinazolon-4 va uning tautomerik holatlari, shuningdek, 2-tioksoxinazolon-4 hamda 2-alkiltioxinazolon-4 larni Co(II), Ni(II) va Cu(II) tuzlari bilan hosil qilingan koordinatsion birikmalar o'rganilgan.
  • Tajriba qismi: 2-Tioksoxinazolon-4 va 2-alkiltioxinazolon-4 larni olinish usullari, xinazolon-4 ni mis(II) tuzlari bilan kompleks birikmalari sintezi, 2-tioksoxinazolon-4 ni Co(II), Ni(II) va Cu(II) tuzlari bilan kompleks birikmalarini sintezlash usullari, 2-alkiltioxinazolon-4 ni Co(II), Ni(II) va Cu(II) tuzlari bilan kompleks birikmalarni sintezlash usullari va xinazolon-4 va uning 2-tiokso- hamda 2-alkiltiohosilalarini mis(II) tuzlari bilan aralash ligandli kompleks birikmalari sintezi batafsil yoritilgan.