Interval kompleks sonlar ustida algebraik amallar

Ushbu kitobda kompleks sonlar, interval matematika asoslari va interval kompleks sonlar nazariyasi o'rganilgan. Kompleks sonlarning tarixi, xossalari, tasvirlanish usullari, ular ustida amallar, shuningdek, interval matematika asoslari, interval sonlar ustida amallar, klassik interval arifmetika xossalari ko'rib chiqilgan. Asosiy e'tibor interval kompleks sonlarga qaratilib, ularning berilish usullari, ular ustida arifmetik amallar, monotonlik xossasi, asosiy teoremasi va geometrik interpretatsiyasi bayon etilgan. INTILAB paketida interval kompleks sonlar bilan ishlash usullari keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Kompleks sonlar, ular ustida amallar va tadbiqlari: Kompleks sonlar haqida tarixiy ma'lumotlar, asosiy tushunchalar, tasvirlanish usullari (geometrik, trigonometrik, ko'rsatkichli), trigonometrik shaklda berilgan kompleks sonlar ustida amallar (ko'paytirish, darajaga ko'tarish, bo'lish, ildiz chiqarish), kompleks sonning logarifmlari va umumiy daraja
  • Interval matematika asoslari: Interval analizning rivojlanish tarixi, interval sonlar va ularning xarakteristik xossalari (chegaralar, kenglik, o'rta qiymat, radius, absolyut miqdor), interval hisoblashlarning zaruriyligi, interval sonlar ustida arifmetik amallar (qo'shish, ayirish, ko'paytirish, bo'lish), klassik interval arifmetika va uning algebraik xossalari (subdistributivlik, monotonlik)
  • Interval kompleks sonlar va ular ustida algebraik amallar: Kompleks interval sonlarining berilish usullari (to'g'ri to'rtburchakli, doiraviy), kompleks intervallar ustida arifmetik amallar, kompleks intervallar arifmetikasining algebraik xossalari, monotonlik xossasi, interval arifmetikaning asosiy teoremasi, to'g'ri to'rtburchakli kompleks interval sonlarning geometrik interpretatsiyasi, INTLAB paketida kompleks intervallar ustida amallar