Globallashuv asoslari

Mazkur kitobda globallashuv jarayonining mohiyati, oqibatlari, shuningdek yosh avlodni ushbu jarayon ta'siridan himoya qilish masalalari tahlil etilgan.

Asosiy mavzular

  • Globallashuv tushunchasi, mohiyati, jamiyat hayotida namoyon boʻlish xususiyatlari: Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. Globalizm tushunchasi bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog'liq boʻlgan katta muammolarni, sayyoraviy muammolarni oʻziga qamrab oladi. Turli olimlar tomonidan globallashuvga berilgan ta'riflar ham keltirilgan.
  • Globallashuvning nazariy asoslari: Globallashuv yaxlit jarayonlarni o`z ichiga qamrab oladi. globallashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Er yuzini qamrab olganini, ikkinchi tomondan, ularning insoniyat taqdiriga dahldor ekanini anglatadi. Globallashuv jihatlarining o`zaro aloqadorligini aniq va ravshan tahlili mavjud emas.
  • Globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari: Globallashuvning salbiy oqibatlari asosan, quyidagi sohalarda namoyon bo`lmoqda: ekologiya, sog`liqni saqlash, demografik, resurslar, axloq, oila, ta`lim-tarbiya, ma`naviy, dunyoqarash va boshqalar shular jumlasidandir.
  • Siyosiy jarayonlarning globallashuvi: Globallashuv ko`p qirrali jarayon bo`lganligi uchun uni sharxlashda ancha muammolarga duch kelamiz. YUqorida ta'kidlanganidek, aksariyat ko`pchilik falsafiy va si-yosiy tadqiqotlarda globallashuv XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida kirib kelganligi haqidagi g`oyalar ilgari surilmoqda.
  • Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi: Globallashuv jarayonining asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish hisoblanadi. Globallashuvga qarshi harakatlar ham mavjud boʻlib, ular globallashuv natijasida yuzaga keladigan va kelayotgan muammolarni oqibati salbiy deb e'tirof etishadi.
  • Mafkuraviy immunitet va gʻoyaviy kurashchanlikni shakllantirish: har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta'bir joiz boʻlsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur.
  • Dinlar o`zaro ta`sirining globallashuvi: zamonaviy voqelik diniy qadriyatlar buzilishi va faqatgina sekulyarlashuv asoslarining rivojlanishi bilan kechayotgani yo`q. Balki, demokratik davlat va jamiyat qurish asoslarining mustahkamlanib borishi, diniy e'tiqod erkinligining keng joriy etishishi natijasida, diniy hayotda o`ziga xos ixtiyoriylik muhiti vujudga kelmoqda.