Temir yo`llarni qidiruv va loyihalash.
Ushbu kitob temir yo'llarni loyihalash va qidiruv ishlariga bag'ishlangan bo'lib, bu sohadagi asosiy tushunchalar, me'yorlar, talablar va usullarni o'z ichiga oladi. Kitobda trassani tanlash, bo'ylama profilni loyihalash, suv o'tkazish inshootlarini joylashtirish va boshqa muhim jihatlar batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Temir yo'l tarmoqlari uchun bajariladigan qidiruv va loyihalashtirish ishlarining umumiy asoslari: Loyihalash bosqichlari, loyihalash ishlari tarkibi va tartibi, yangi temir yo'llarni loyihalashda e'tiborga olinadigan asosiy me'yorlar va talablar, texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar.
- Temir yo'lni trassalash: Trassani tanlash asoslari, trassa uchastkalarini tasniflash, erkin va zo'riqib yurish usullari, turli topografik sharoitlarda trassalash xususiyatlari.
- Kichik suv o'tkazish inshootlarini joylashtirish: Suv o'tkazish inshootlarining turlari, trassa bo'ylab joylashtirish, tirqishlarni tanlash, suv yig'ilish maydonidan oqib tushadigan suv miqdorini hisoblash, suv o'tkazish imkoniyatlarini aniqlash.
- Temir yo'lni loyihalashdagi variantlarni texnik-iqtisodiy jihatdan qiyoslash: Variantlarni qiyoslash usullari, pulli ko'rsatkichlar bo'yicha qiyoslash, qurilish qiymati va foydalanish sarf-xarajatlarini aniqlash.
- Temir yo`lda texnik qidiruvga oid umumiy ma`lumotlar: Qidiruv ishlari tarkibi, qidiruv ishlarni tashkillashtirish, dala sharoitidagi qidiruv ishlari.