O'zbek tilida tinish belgilariniń ishlatilishi
Ushbu qoʻllanma oʻzbek tilida yozma nutq savodxonligini oshirishga yordam beradi. Kitobda tinish belgilarining ishlatilishi tartibga solingan boʻlib, har bir tinish belgisi alohida mavzu sifatida yoritilgan va misollar bilan tushuntirilgan. Qoʻllanma maktab, litsey, kollej va oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari hamda oʻquvchilari uchun moʻljallangan.
Asosiy mavzular
- Nuqta: Nuqtaning ishlatilish o'rinlari, darak gaplar, buyruq va istak gaplar oxirida, mantiqan qo'shma gaplar, qisqartirilgan ismlar va sanash raqamlaridan keyin.
- So'roq belgisi: So'roq belgisining gap oxirida, gap yoki matn ichidagi noaniq so'zlardan so'ng, toping ma'nosida, so'roq gaplar sarlavha vazifasida kelganda ishlatilishi.
- Undov belgisi: Undov belgisining kuchli his-hayajon ifodalagan gaplardan so'ng, buyurish, yalinish, orzu-istak ma'nolarini ifodalovchi gaplar oxirida, so'z boshida kelib, kuchli his-hayajon bilan aytilgan undalmalardan so'ng ishlatilishi.
- Ko'p nuqta: Ko'p nuqtaning mazmunan tugallanmay qolgan gaplar oxirida, gap biror sabab bilan bo'linganligini ko'rsatish uchun, so'zlovchining o'ylashi, mulohaza qilishini ko'rsatish uchun, kuchli his-hayajon ifodalangan gaplar oxirida va beqiyos tabiat manzaralarini ifodalash uchun ishlatilishi.
- Vergul: Vergulning uyushiq bo'laklar orasida, undalmalarni ajratishda, kirish so'zlar, birikmalar va gaplarni ajratishda, ajratilgan bo'laklarni ayirib ko'rsatishda va qo'shma gaplarda ishlatilishi.
- Nuqtali vergul: Nuqtali vergulning bog'lovchisiz qo'shma gaplar tarkibida va uyushiq bo'laklar guruhlanib, o'zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda ishlatilishi.
- Ikki nuqta: Ikki nuqtaning uyushiq bo'laklardan oldin kelgan umumlash-tiruvchi yoki ularni oydinlashtiruvchi so'zdan keyin, ko'chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan so'ng va bog'lovchisiz qo'shma gaplarda ishlatilishi.
- Tire: Tirening dialoglardagi abzasdan boshlanayotgan har bir gapning boshida, uyushiq bo'laklardan so'ng kelgan umumlashtiruvchi so'zdan oldin, ot-kesim va ega orasida va ajratilgan bo'laklar har ikki tomonidan ajratilganda ishlatilishi.
- Qavs: Qavsning kirish gaplarda, remarkalarda, olingan misollar yoki gaplar manbayini ko'rsatishda va ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo'lagiga qo'shimcha izoh ma'nosidagi so'z yoki birikmalar uchun ishlatilishi.
- Qo'shtirnoq: Qo'shtirnoqning ko'chirma gaplarni, adabiyot va san'at asarlarini, korxona, muassasa, tashkilot, jamoa va shirkat xo'jaliklari nomlarini ajratishda ishlatilishi.
- Tinish belgilarining qo'shaloq holda ishlatilishi: So'roq mazmuniga qaraganda his-hayajon kuchli bo'lgan so'roq gaplardan keyin undov va so'roq belgisi birikkan holda (!?) qo'yiladi: Kurashadi ikki to'lqin qarab turaymi!? (Oybek)