Madaniyatshunoslik

Mazkur kitob madaniyatshunoslik fanining asosiy tushunchalari va qoidalarini yoritadi. Unda madaniyatning mohiyati, tuzilishi, vazifalari, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek, jahon madaniyatining asosiy bosqichlari, turli mintaqalardagi madaniy xususiyatlar va O'zbekiston madaniyatining o'ziga xosligi tahlil etiladi. Kitob, asosan, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lsa-da, madaniyat masalalari bilan qiziquvchi keng o'quvchilar ommasi uchun ham foydali bo'lishi mumkin.

Asosiy mavzular

  • Madaniyatshunoslik fanining predmeti va vazifalari. «Madaniyat» tushunchasi talqini.: Madaniyatshunoslik fanining predmeti madaniyat rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlarini o'rganishdan iborat. Uning vazifalari insonning oila, tabiat va jamiyat bilan hamkorlikdagi faoliyatini tadqiq qilish, kishilarning ma'naviy va ma'rifiy faoliyatlariga oid jarayonlarni o'rganishdan iboratdir. Madaniyatning ta'rifi esa insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklar majmuini ifodalaydi.
  • Madaniyat rivojlanishining asosiy qonuniyatlari: Madaniy rivojlanish jarayonining o'ziga xosligi shundaki, madaniyat hodisasi har doim shakl va mazmun, borliq va munosabat, narsaning mavjudligi va uning ramziy mazmuni uyg'unligiga ega bo'ladi. Madaniyat moddiy va ma'naviy qismlarga bo'linib, ular bir-birlarini taqozo qilgan holda o'zaro aloqada, o'zaro ta'sirda rivojlanadi. Moddiy madaniyat har doim ma'lum bir ma'naviy madaniyatning timsoli hisoblanadi.
  • Arxaik (Ibtidoiy) Madaniyat: Arxaik yoki ibtidoiy madaniyat insoniyat madaniyatining ibtidosi va eng uzoq davom etgan davridir. Bu davr insoniyat tarixi umumiy ko'lamining 99 %ini tashkil qilgan. Insoniyat hayotining boshlang'ich davri jamiyatning keyingi barcha o'zgarishlariga zamin tug'dirgani sababli bu davrni o'rganish insoniyat evolyusiyasi asoslarini, uning madaniyati negizini tushunish va sharhlashga yordam beradi.
  • An'anaviy Madaniyat: Qadimgi SHarq madaniyatining vujudga kelishi shart-sharoitlari, Sharq xalqlari dunyoqarashi va tafakkurining o'ziga xosligi, Qadimgi SHarqda yirik madaniyat markazlarining (Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda) shakllanishi, Antik madaniyat (qadimgi YUnon va Rim madaniyati) yoritiladi.
  • "DINIY MADANIYAT" (IV-XVI ASRLARDA XRISTIAN EVROPASI VA MUSULMON SHARQI).: SHarq va g'arb mamlakatlarining o'rta asrlar madaniyatida dinning ustivorligi, Sharq va g'arb diniy madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari, Diniy madaniyatlardagi yutuqlar va ularning jahon madaniyatidagi oʻrni keng yoritib berilgan.
  • Texnogen Madaniyat (XVI-XX asrlar): Texnogen madaniyatning shakllanishi jarayonlari, Zamonaviy madaniyatda texnikaning ahamiyati, Ommaviy madaniyat chuqur yoritilgan.
  • SHARQ UYG'ONISH DAVRI MADANIYATI: Uyg'onish davri tushunchasi va uni davrlashtirish masalasi, Sharq Uyg'onish davrini rivojlanish bosqichlari va oʻziga xos xususiyatlari, O'rta Osiyoda Uyg'onish davri madaniyati belgilagan ijtimoiy-siyosiy omillar keng yoritilgan;
  • Temur Va Temuriylar Davri Madaniyati (XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asr): Amir Temur va temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy taraqqiyoti, Me'morchilik, tasviriy san'at va amliy san'at, Ilm-fan, adabiyot, falsafa va din keng yoritilgan.
  • XVII-XX Asrlarda Turkistonning Madaniy Hayoti: Turkistonda xonliklarning vujudga kelishi va madaniy munosabatlar, Turkiston madaniy hayotiga rus va jahon madaniyatining ta'siri, Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi va uning oʻlka xalqlari ma'naviy-madaniy hayotiga ta'siri keng yoritilgan.
  • Sovetlar Davrida Oʻzbekistonning Madaniy Hayoti: 1920-30- yillarda Oʻzbekistonda milliy madaniyatda oʻzgarishlarning amalga oshirilishi, Ta'lim, fan va madaniyatning hukmron mafkura manfaatlariga bo'ysundirilishi, Jamiyat madaniy-ma'naviy hayotiga «rivojlangan sotsializm» g'oyalarining singdirish harakatlari, milliy munosabatlarning keskinlashuvi tarixi ochib berilgan.
  • Milliy istiqlol va oʻzbekistonda madaniy hayot.: Ma'naviy ma'rifiy islohatlar – jamiyat taraqqiyotining ustivor yo'nalishi sifatida, Ta'lim tizimining rivojlantirilishi va madaniyat, Hozirgi bosqichda madaniy hayot keng yoritilgan