Dori turlari texnologiyasini rivojlantirish istiqbollari
Ushbu kitob magistratura talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, ularning pediatriya va geriatriya amaliyotida qo'llaniladigan dorilarni yaratishdagi muammolar, dori turlarini turg'unlashtirish, infuzion eritmalar va ko'z dori turlarini texnologiyasini takomillashtirishga oid bilimlarini chuqurlashtirishga qaratilgan. Kitobda dori turlarini rivojlantirish istiqbollari, zamonaviy dori turlarini turg'unlashtirish, yoshiga qarab beriladigan dorilarning nazariy va amaliy asoslari, infuzion eritmalar, in'eksion eritmalar va ko'z tomchilarini texnologiyasini takomillashtirish, radiofarmatsevtik preparatlar texnologiyasi kabi mavzular yoritilgan. Kitobning maqsadi talabalarga zamonaviy dori turlarini turg'unlashtirish, ularni texnologiyasini takomillashtirish, yoshiga qarab beriladigan dorilarni yaratishning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqish, infuzion eritmalar, in'eksion eritmalar va ko'z tomchilarini texnologiyasini takomillashtirish, ularni terapevtik samarasini oshirish yo'llarini izlash, shuningdek, radiofarmatsevtik preparatlar texnologiyasi to'g'risida ma'lumotlar berishdan iborat.
Asosiy mavzular
- Parenteral dori turlarini rivojlanish istiqbollari: Dori vositalarini mikrobiologik tozaligi, zamonaviy sterillash usullari.
- Radiofarmatsevtik preparatlar: Radiofarmatsevtik preparatlarni qo'llash va ularning xususiyatlari.
- Bolalarga mo'ljallangan dorilar: Bolalarga mo'ljallangan dorilarning zamonaviy nomenklaturasi va ularni yaratishda tabiiy va sun'iy korrigentlar.
- Geriatrik dorilar: Geriatrik dorilarning zamonaviy nomenklaturasi.
- Infuzion eritmalar: Infuzion eritmalarning zamonaviy nomenklaturasi va ularni zamonaviy jihozlash turlari.
- Ko'z tomchilari: Ko'z tomchilarining zamonaviy nomenklaturasi va ko'z pardalarning zamonaviy nomenklaturasi.
- Steril dorilar: Steril dorilarda qo'llaniladigan konservantlar.
- In'ektsion eritmalar: In'ektsion eritmalarda antioksidantlar qo'llash printsiplari.
- Radiofarmatsevtik preparatlar: Radiofarmatsevtik preparatlarning nomenklaturasi.