Юқори молекуляр бирикма-серицин оқсили билан таг чармларни тўлдириш жараёнининг тадқиқоти
Maqolada yuqori molekulyar birikma-seritsin oqsili bilan tag charmlarni to'ldirish jarayonining tadqiqoti o'rganilgan. Poyafzalning ostki qismi uchun charmlar oshga to'yintirish jarayonida seritsinni aminosmolalar va sintanlar bilan birgalikda ishlov berishda mustahkamligi oshirilgan. To'ldirish xususiyati deganda biz oshlangan derma strukturasida qo'shimcha bog'lanishlar hosil bo'lishini tushunamiz. Qo'shimcha bog'lanishlarni hosil bo'lishi charm mustahkamligini yanada oshiradi va keyingi pardozlash operatsiyalariga charmni yaxshi tayyorlaydi. Maqolada charm ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarida ham atrof-muhitga va inson sog'ligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan bir necha zaharli kimyoviy moddalar ishlatilishi ta'kidlangan. Ulardan biri formaldegid hisoblanadi. Shuningdek, akril latekslari va ularni qurilish, charm, neft va boshqa sanoatlarda ishlatish bo'yicha olingan tadqiqot natijalari keltirilgan. Poyafzalning ostki qismi uchun charmni to'ldiruvchilar bilan ishlov berishda yarimmahsulotining ayrim xossalarini o'zgartirishga quyidagi to'ldiruvchilar ta'sir etadi. Kuritish jarayonida odatda barcha charmlar qisqaradi (torayadi). Poyafzalning ostki qismi uchun charmlar 9% gacha qisqaradi. Buni kamaytirish, asosan qo'llaniladigan to'ldiruvchilarga, moylovchi materiallariga, quritish usuliga va cho'zish jarayonlariga bog'liq. Turli xil to'ldiruvchilar yordamida torayishni kamaytirish mumkin, va u to'ldiruvchilar tabiatiga bog'liqdir. Tabiiy ipakning seritsin moddasi o'zining tarkibida 44,32-46,29 % uglerod, 30,35-35,50 % kislorod, 16,44-18,30 % azot va 0,15 % oltingugurt hamda 5,72-6,42 % vodorodlar mavjud. Bunday tarkibdagi yuqori molekulali birikmaning kimyoviy tenglamasi quyidagicha ifodalanadi S15H25N5O8. Seritsin moddasi fibroin singari mustahkam emas. U rangsiz, hidsiz va mazasiz, spirt, efir kabi erituvchilarda erimaydi. Biroq suvda va suvning kislotali hamda ishqoriy eritmasida yaxshi eriydi.
Asosiy mavzular
- Charm to'ldirish jarayoni: Yuqori molekulyar seritsin oqsili bilan charm to'ldirish, charm mustahkamligini oshirish, pardozlashga tayyorlash.
- Charm ishlab chiqarishdagi zaharli moddalar: Formaldegidning atrof-muhit va inson salomatligiga ta'siri, formaldegidni aniqlash usullari.
- Akril latekslar: Akril latekslarining qurilish, charm, neft va boshqa sanoatlarda qo'llanilishi, bioaktiv polimer materiallar yaratish.
- Poyafzal charmining qisqarishi: Quritish jarayonida charmlarning qisqarishi, qisqarishni kamaytirish usullari, to'ldiruvchilarning ta'siri.
- Seritsin moddasining tarkibi: Seritsinning kimyoviy tarkibi, eruvchanligi, charmga ta'siri.