Махсус металл конструкциялари

Ushbu kitobda mustaqillikka erishgan O'zbekiston Respublikasida qurilgan sanoat binolari va inshootlarida qo'llaniladigan po'lat konstruksiyalari, jumladan, "Sho'rtan gaz kondensati", "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi", "Navoiy-azot", "Toshkent shahridagi baland binolar", "bozorlar", "Andijondagi Olimpiada zahiralarini tayyorlovchi kollej sport majmuasi" kabi ob'ektlar haqida ma'lumot berilgan. Kitobda talabalarni zamonaviy va yangi konstruktiv shakllar bilan tanishtirish, inshootlarni holatini tekshirish va baholash usullari o'rgatiladi. Maxsus po'lat konstruksiyalarni o'rganish, ulardan to'g'ri foydalanish zarurligi ko'rsatilgan.

Asosiy mavzular

  • Tayanch oraliq'i katta bo'lgan binolarni tom konstruksiyalari: Ushbu bobda tayanch oraliq'i katta bo'lgan binolarning tom konstruksiyalari, jumladan, to'sinlar, ramalar va arkalardan foydalanish yo'llari ko'rsatilgan.
  • Fazoviy konstruksiyalar bilan yopish: Ushbu bobda gumbazli va strukturali konstruksiyalardan foydalanib, tom yopma konstruksiyalarni yaratish yo'llari ko'rsatilgan. Shuningdek, varaqsimon metall konstruksiyalar, ularning xususiyatlari va ish sharoitlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Cho'zilishga ishlaydigan konstruksiyalar: Ushbu bobda tayanch oraliq'i katta bo'lgan binolarni cho'zilishga ishlaydigan konstruksiyalar bilan yopish yo'llari yoritilgan. Vantli sistemalar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Baland binolarning sinchi: Ushbu bobda baland binolarning sinchlarini yaratilishi haqida ma'lumotlar berilgan. Metall sinch tizimlari va ulardan foydalanish lozimligi tavsiya etilgan. Ustun va to'sinlarning kesim yuzalari, ularni bir-biriga biriktirilishi, baland binolarning sinchini hisoblash yo'llari ko'rsatilgan.
  • Balant inshootlar: Ushbu bobda baland inshootlarni konstruktiv yechimlari keltirilgan, minolar va machtalar haqida ma'lumotlar berilgan.