Ovozni tanish algoritmlari

Ushbu kitob O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo (ERI) va biometrik autentifikatsiya tizimlarini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan. Kitobda, shuningdek nutq orqali tanish tizimlarini yaratish va ularni nogironlar aravachalarini boshqarishda qo'llash imkoniyatlari ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Avtentifikatsiya tizimlari ishonchliligini ta'minlovchi vositalari: Kompyuter tizimlari rivojlanayotgan bir vaqtda tarmoqdan foydalanishda har bir foydalanuvchining shaxsini aniqlash va unga ma'lum huquqlar berish masalalari ko'rib chiqiladi. Videokuzatuv vositalari orqali tasvirlarni tanib olishning onlayn va oflayn usullaridan foydalanib foydalanuvchilarni legalligini aniqlash usullari ta'riflangan.
  • Elektron raqamli imzo (ERI): Elektron raqamli imzoning mohiyati, afzalliklari, qo'llanilishi, xavfsizligi va uni qalbakilashtirishning oldini olish choralari haqida ma'lumot beriladi. ERI ning elektron hujjat almashinuvidagi roli va masalalari yoritilgan.
  • Ozovni tanish algoritmlari asosida dasturiy ta`minoti: Ovoz orqali boshqariladigan nogironlar aravachasini yaratish loyihasi muhokama qilinadi. Loyihaning asosiy maqsadi turli muhitlarda foydalanuvchi ovozini faxmlash va muntazam ravishda aravani boshqarish edi.
  • Nutq orqali tanish tizimlari: Nutqni tanish tizimlarining qiyinchiliklari, kompyuterlar uchun murakkabligi va ularni yechish yo'llari ko'rib chiqiladi. Bunday tizimlarni nogironlar aravachalarini boshqarishda qo'llash imkoniyatlari o'rganiladi.
  • Ma'lumotlar himoyasi: Ma'lumotlar himoyasini ta'minlash usullari, himoya tizimlarini loyihalash, himoya buzilishining turlari, kiritilgan qiymatlarni o'qib olish, o'zgartirish, ma'lumotlarni buzish kabi masalalar muhokama qilinadi.