Проектирования, оптимизация и производство радиоэлектронных средств.
Ushbu kitobda radioelektron apparatlarni loyihalash va modellashtirish asoslari, avtomatlashtirilgan loyihalash sistemalaridan foydalanish, radioelektron qurilmalar sxemalarini modellashtirish, radioelektron qurilmalar tarkibiy qismlari va ularning ishlash jarayonlari, sxemalar yaratish va tahlil qilish, bosma plata loyihalarini yaratish kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Kitob oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Radioelektron apparatlarni modellashtirish: Radioelektron apparatlarni loyihalash jarayonida modellashtirishning ahamiyati, modellashtirish dasturlari, Electronics Workbench dasturi bilan ishlash, sxemalarni tuzish, o'lchash asboblarini ulash va tadqiqot o'tkazish.
- Avtomatlashtirilgan loyihalash sistemalari: P-CAD sistemasi va uning tarkibiy qismlari, prinsipial-elektrik sxemalarni yaratish, bosma platalar grafikli muharrirlari bilan ishlash, komponentlarni kutubxonadan tanlash va joylashtirish.
- Radioelektron qurilmalarni loyihalash: Radioelektron qurilmalarning tarkibiy qismlari bilan tanishish, signallarni uzatishning sifatli ko'rsatkichlari, amplitudali modulyatsiya rejimini tadqiq qilish, chastota ko'paytirgich sxemasini modellashtirish, radioqabul qiluvchi qurilmalar sxemasini tadqiq qilish.
- Komponentlar yaratish: P-CAD Symbol Editor grafik muharriri vositalaridan foydalanib elektroradioelementlarning belgilarini yaratish, kutubxona elementini yaratish, belgining atributlarini berish.
- Bosma plata loyihalash: P-CAD PCB grafik muharriri bilan tanishish, bosma plata yaratish qoidasini o'rganish, bosma platani tahrirlsh, oldin yaratilgan sxema uchun bosma plata yaratish.