Qishlоq xo’jaligi mashinalari
Ushbu darslik qishloq xo‘jaligi mashinalari va melioratsiya mashinalari bilan ishlash jarayonlarini tashkil etishda talabalarga qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Asosiy mavzular
- Tuproqqa ishlov berishning texnologik asoslari: Tuproqning fizik va texnologik xususiyatlari, ishlov berish jarayonlari va operatsiyalari, hamda tuproqqa ishlov beruvchi sirtlarning texnologik xususiyatlari ko'rib chiqilgan.
- Tuproqqa ishlov berish usullari: Tuproqqa ishlov berishning resurs tejamkor usuli, tuproqqa ishlov berish tizimi, pona nazariyasi va ponaning xususiyatlari va ulardan foydalanish usullari bayon etilgan.
- Pluglar va uning ishchi qismlari: Pluglarga qo'yiladigan agrotexnik talablar, plug turlari, plugning ishchi qismlari, plug korpusining tuproq palaxsasini ag'darish jarayoni, tirkalma va osma pluglar, maxsus pluglar, korpus turlari va uning qislari, plugni ishga tayyorlash kabi jihatlar yoritilgan.
- Tuproqqa ishlov beruvchi mashinalar: Tishli boronalar, sferik diskli boronalar, faol ishchi qismli qurollar, tekislagichlar, molalar, kombinatsiyalashgan mashinalar haqida ma'lumot berilgan.
- Plugning yordamchi qismlari: Plugning yordamchi qismlari rama, g'ildiraklar, tirkagich yoki osgich, ramani ko'tarib-turish mexanizmlar va saklagichdan iboratligi haqida ma'lumot berilgan.
- Tuproqqa ta'sir etuvchi kuchlar: Korpusga ta'sir etuvchi kuchlar, zx kuchining miqdori aniqlangandan sung rzx kuchlarini xisoblab topishning yo'llari ko'rsatilgan.
- Plugning sudrashga qarshiligi: Plugning sudrashga qarshiligini kamaytirish yullari, va yana bu mavzuda turli formula va koeffisentlar keltirilgan.
- Tuproqqa ishlov berishning resurs tejamkor usuli.: Yerga ishlov berishda asosiy e`tiborni tuproqni himoyalab, uning unumdorligini tiklashga qaratish kerak. Shu maqsadda, tuproqqa ishlov berishning an`anaviy va resurs tejamkor usullaridan foydalaniladi.
- O'g'itlash mashinalari: O'g'itlar, o'g'itlash usullari, o'g'itlash mashinalarining tasnifi, o'g'it miqdorlagichlar, o'g'it sochish apparatlari va o'g'it sochgich o'lchamlarini aniqlash haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
- Ekish va o'tqazish mashinalari: Urug' ekish usullari, seyalkaning asosiy qismlari, chigit ekish seyalkalari, don ekish seyalkalari, makkajo'xori ekish seyalkalari, pnevmatik ekish seyalkalari, maxsus seyalkalar, kartoshka ekadigan va ko'chat o'tqazish mashinalari haqida bayonotlar berilgan.
- O'simliklarni himoyalash mashinalari: O'simliklarni zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash usullari. O'simliklarni zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash mashinalari. Kimyoviy moddalardan foydalanish usullari va purkash qurilmalari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
- Donli ekinlar hosilini yig'ish mashinalari: G'alla yig'ishtirish texnologiyasi, don kombaynlari. O'rish apparatlari, motovilo, yanchish apparatlari. Kombaynning tozalash qismi. Aksial-rotorli kombaynlar kabi ma'lumotlar berilgan.
- Melioratsiya mashinalari: Erlarni o'zlashtirish mashinalari. Er kavlash mashinalari. Dalani sug'orishga tayyorlash mashinalari.Sug'orish mashinalari haqida tushunchalar berilgan.