Mulohazalar hisobini keltirib chiqarish qoidalarining algoritmi va dasturlarini tuzish

Ushbu kitobda mulohazalar hisobini keltirib chiqarish qoidalarini amalga oshirish algoritmi tuzilgan va uning tatbiqi sifatida tekislikda uchburchaklar haqidagi turli masalalarni yechish jarayoni modellashtirilgan. Masalaning qo'yilishida berilgan parametrlar bilan uni yechish usuli o'rtasida mantiqiy keltirib chiqarish munosabatlari hosil qilingan va ularning ob'ektga yo'naltirilgan Delphi dasturlash tilida dasturiy vositalari yaratilgan. Kitob ilmiy-uslubiy xarakterga ega bo'lib, umumta'lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, qayta tayorlash markazlarida hamda amaliy matematika va informatika ta'lim yo'nalishida foydalanish uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Mulohazalar hisobining asosiy tushunchalari: Mulohazalar hisobi formulasi, isbotlanuvchi formula ta'rifi, aksiomalar tizimi, keltirib chiqarish qoidalari, formulalar majmuasidan formulani keltirib chiqarish qoidasi, mulohazalar algebrasi va hisob o'rtasidagi munosabatlar.
  • Tekislikdagi uchburchaklar: Uchburchak ta'rifi, asosiy formulalar, mediana, bissektrisa, balandlik, o'rta chiziq, sinuslar va kosinuslar teoremasi, tashqi va ichki chizilgan aylanalar, to'g'ri burchakli va muntazam uchburchaklar, ularning xossalari va formulalari.
  • Uchburchak uchun geometriya masalasini formallashtirish: Masalaning parametrlari o'rtasidagi mantiqiy funksiyalarni aniqlash, bajaruvchi protseduralar, tomonlarni topish funktsiyalari, ichki burchaklarni topish funktsiyalari va yuzani topish funktsiyalari.
  • Yechishning dasturiy vositasini yaratish: Masalani deduktiv yechish usuli, strukturaviy sintez, hisoblash modellari, masalani hisoblash usullari, funksional va amaliy modullar, masala yechish protokoli.